Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi Samarqand «Ipak Yöli» turizm xalqaro universitetining birinçi prorektori Azamat Akbarov 7 yanvar kuni işdan olingan.
Bunga uning xorijda olgan falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplomi qalbaki bölib çiqqani sabab bölgan.
Ma'lum bölişiça, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ötkazilgan ekspertizada ötgan yilning fevralida nostrifikatsiya qilingan xorijiy diplom haqiqiy emasligi aniqlangan.

13 yanvar kuni bölib ötgan Yoşlar press-klubi sessiyasida Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Uluğbek Taşkenbayevdan bu borada izoh söraldi.
«Bu masala OAK tomonidan örganilgan. Haqiqatdan ham, Azamat Akbarov olgan xorijiy falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplom notöğri olingani yoki soxta ekanligi izohlab berildi.
Örganişlarda aniqlandiki, Azamat Akbarov Sarayevo şahrida (Bosniya va Gersegovina davlati) joylaşgan BURCH xalqaro universitetidagi professorlik faoliyati davomida Rossiya tomonidan berilgan diplom asosida faoliyat yuritgan. Bizga kelganda esa BURCH xalqaro universitetida berilgan diplom asosida işga qabul qilingan. Ammo, ma'lum böldiki, Bosniya va Gersegovina davlati universiteti diplomi soxta bölib çiqdi va şuning oqibatida u lavozimidan ozod qilindi.
Biz turli oliy ta'lim muassasalariga çiqib, attestatsiya va akkreditatsiya imtihonlarida bölamiz. Bu baholaşlar davomida şu masalaga alohida e'tibor beryapmiz.
Kelgusida ham bu kabi holatlar takrorlanmasligi uçun Oliy attestatsiya komissiyasi bilan hamkorlikda işlarni amalga oşirişimiz kerak», – degan Taşkenbayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Azamat Akbarov «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi a'zosi sanaladi. U dekabr oyida Kun.uz uçun bergan intervyusida oliy ta'limga oid qaraşlari bilan örtoqlaşgan edi.

















