Eng arzon go‘sht qayerda? Davstatqo‘m bozorlardagi narxni ma'lum qildi
Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 14 yanvar kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 36000 so‘mdan 57000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Urganch shahri - «Urganch markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (36000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 38000 so‘mdan 68000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (38 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (68 000 so‘m) kuzatildi.
Kartoshka 1600 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1600 so‘m), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz 1 000 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahri - «Yangi bozor dehqon bozori»da (1000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», Urganch shahri - «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4000 so‘m).
Sabzi 800 so‘mdan 4500 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Andijon shahri - «Yangi bozor dehqon bozori»da (800 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 500 so‘m) kuzatildi.
Tuxum 6500 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (6500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (12 000 so‘m).
Guruch 3800 so‘mdan 18000 so‘mgacha (kg)
Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (3800 so‘m), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18000 so‘m).
O‘simlik yog‘i 8400 so‘mdan 13500 so‘mgacha (1 l.)
O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500 so‘m) kuzatildi.
Shakar 5200 so‘mdan 6500 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (5 200 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.
Mavzuga oid
12:10
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024