Komilov va Lavrov O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
2020 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalarini ularni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, ilm-fan, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda muhokama qildilar hamda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror o‘smoqda va keng qamrovli tus oldi. Yakunlangan yilda faqatgina iqtisodiy sohaning o‘zida vazirlik va idoralar, hududlar delegatsiyalari, kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmon doiralarning 130 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi. Ta'kidlanganidek, mazkur ijobiy dinamikaga avvalo ikki mamlakat liderlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli munosabatlar va o‘zaro anglashuv sababli erishildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlariga alohida urg‘u berildi. Mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlislari, hududlararo hamkorlik, ta'lim va media sohalarida forumlar va boshqa ikki tomonlama tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
BMT, MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida vazirlar O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar. Mazkur hujjat ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam va samarali aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
22:30 / 25.12.2024