Toşkent teleminorasi qurib, foydalanişga topşirilganiga 35 yil töldi. 375 metr balandlikka ega minora 1985 yil 15 yanvaridan öz faoliyatini boşlagan.
Inşoot balandligi böyiça Markaziy Osiyoda birinçi, MDHda esa Moskvadagi Ostankino teleminorasidan keyin ikkinçi örinda turadi.
1978 yildan boşlab, 6 yil davomida qurilgan Toşkent teleminorasi oçilganidan keyin 1991 yilgaça dunyodagi uçinçi eng baland minora sanalgan.
Dunyo miqyosida minoralarning balandligi böyiça hozirgi röyxatida Toşkent teleminorasi 12-örinda turadi.
Teleminorada sayyohlar uçun tomoşa maydonçasiga ekskursiya va «Koinot» restorani xizmatlari yölga köyilgan. 2019 yil noyabrdan boşlab teleminoraga taşrif buyuruvçilardan şaxsni tasdiqlovçi hujjat söraş tartibi bekor kilindi. Ya'ni endi teleminoraga pasporsiz kiriş mumkin.
Şu bilan birga, mehmonlarga yanada kulaylik yaratiş maksadida QR-kodli tizim qurilmalari örnatildi. Minoraning 100 metr balandligida tomoşa maydonçasi va 105 metr balandlikda «Koinot» restoranining «Moviy» zali faoliyat körsatyapti.
Iş vaqti – har kuni 10:00 dan 20:00 gaça. Çipta narxi kattalar uçun 35 ming söm, 7-16 yoşgaça bölganlarga esa 15 ming sömni taşkil etadi. Dam oliş kunlari narx 5 ming sömga oşadi.
Qişki mavsumda kuniga 200-300 nafar taşrifçi keladi. Boşqa vaqtlari esa taşrif buyuruvçilar soni 1500 nafardan ham oşadi.
100 metr balandlikdagi tomoşa maydonçasida şahar manzarasini tomoşa qiliş uçun bir neçta binokulyarlar örnatilgan. Undan foydalaniş uçun jyeton taşlanadi. Bitta jyeton narxi 2 ming söm.
105 metr balandlikdagi «Koinot» restorani har 45 daqiqada bir marta aylanadi. Mehmonlar taom tanovul qiliş asnosida şaharni yuqoridan töliq tomoşa qilib olişlari mumkin.
Muhabbat Ma'mirova, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi – Otaxon Yusupov.









