Toşkent teleminorasiga taşrif buyuruvçi turistlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylaşgan tomoşa maydonçasi va «Koinot» restoranida foto (selfi) va video suratga olişga ruxsat berildi.
Bu Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kiriş turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3509-son qarori va Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining tegişli buyruğiga muvofiq amalga oşirildi.
Bu orqali teleminoraga taşrif buyuruvçilar va sayyohlar uçun yanada qulayliklar yaratildi, buning natijasida sayyohlar Toşkent şahrining eng gözal va körkam maskanlarini foto va video suratga oliş imkoniyatiga ega bölişmoqda.
Bundan avvalroq Toşkent metropolitenida suratga olişga qöyilgan taqiq bekor qilingandi.












