1986 yil Mi rusumidagi vertolyotlar eng köp urib tuşirilgan va qulab tuşgan yil sifatida tarixda qolgan. Öşa yili SSSR harbiylariga tegişli 30 dan ortiq, Afğoniston qurolli kuçlariga tegişli beşta, Nikaragua harbiy havo kuçlariga qaraşli uçta Mi vertolyotlari halokatga uçragan. Ularning aksariyati Mi-8 va Mi-17 vertolyotlari bölgan.

Foto: etoretro.ru

SSSR harbiy havo kuçlariga qaraşli Mi-8 vertolyotlarining asosiy qismi Afğonistonda olib borilayotgan uruşda afğonlar tomonidan urib tuşirilgan. Afğoniston qurolli kuçlariga tegişli Mi-17 vertolyotlarining taqdiri ham şunday bölgan. 11 ta Mi-8 vertolyoti esa SSSRning turli hududlarida halokatga uçragan. Ular orasida Toşkent teleminorasi yonida qulab tuşgan Mi-8 vertolyoti ham bor.

Toşkentdagi qurilişlar haqida film

1966 yilda sodir bölgan zilziladan söng Toşkent butunlay qayta qurila boşlanadi va bu işlar 1980-yillarning oxirigaça davom etadi. Zilziladan keyin şahar aholisining soni baravar oşadi. Markaziy Osiyodagi eng yirik şahar sifatida Toşkentda metro quriladi. 1978 yilda 375 metrli teleminora qurilişi boşlanadi. Bundan taşqari, şaharning örtasidan oqib ötuvçi Bözsuv anhorining qirğoqlari obodonlaştiriladi.

Foto: Shosh.uz

Öşa paytlarda Toşkentda amalga oşirilayotgan bunyodkorliklar haqida bir neçta badiiy va hujjatli filmlar suratga olinadi. Badiiy asarlar yoziladi. Pirimqul Qodirovning «Olmos kamar» romani ham aynan Toşkentda amalga oşirilgan qurilişlar va bunyodkorlik işlari haqida edi.