Huquq-tartibot idoralari xodimlari 14 yanvarda öldirib ketilgan taniqli dizayner Narimon Grigoryanning ehtimoliy qotilini uşlaşdi.

Toşkent prokuraturasi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qotilning şaxsini örnatişga muvaffaq bölingan.   

Ayni vaqtda gumonlanuvçi hibsga olingan. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) böyiça ayblov bildirilgan.

Marhumning jasadi u ijarada istiqomat qilib kelgan Yaşnobod tumani, Çigil köçasidagi xonadonning mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan edi.

Narimon Grigoryan – Özbekistonning taniqli modeler va kiyim dizaynerlaridan biri, Nariman Grigoryan brendi asosçisi. U 2018 yilda Vogue China jurnali tomonidan «Yil kaşfiyoti» nominatsiyasida eng yaxşi dizayner deb topilgan. Şu yilning özida u Toşkentda öz modalar uyini oçgan edi.