Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm qadimiy imoratlar degani emas, har qanday joydan turizm namoyish obektini yaratsa bo‘ladi – Abdulaziz Aqqulov
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdulaziz Aqqulovning fikricha, turizm qadimiy imoratlar degani emas, har qanday joydan turizm namoyish obektini yaratsa bo‘ladi. U bu haqda 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Har bir hududdan turizm maskani sifatida foydalanishimiz kerak. Sirdaryo viloyatining turizm salohiyati yo‘q deyishadi doim. Menga alam qiladigani, viloyat mutasaddilariyam shunday fikrda. Turizm qadimiy imoratlar degani emas. Har qanday joydan alohida tematikani o‘ylab topib, o‘sha yerda turizm namoyish obektini yaratsa bo‘ladi. Shu jihatdan yoshlarimizdan g‘oyalarda, tasavvurda, fantaziyada cheklanmasliklarini so‘ragan bo‘lardim.”, deya Abdulaziz Aqqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi mavjud turfirmalarga ilg‘or fikrli yoshlar raqobatchilik qilishi kerakligi, biroq onlayn to‘lov tizimlari, onlayn sotuvlarning sekin rivojlanayotgani raqobatchilar yetishib chiqishini sekinlashtirayotgani ta'kidlandi.
“Onlayn to‘lov tizimlari, onlayn sotuvlarning sekin rivojlanayotgani bugungi kunda mavjud turoperatorlarimizga raqobatchilar yetishib chiqishini sekinlashtirmoqda. Bir xillikdan qochishimiz kerak. Shuning ustida ishlashingizni so‘ragan bo‘lardim”, deydi Abdulaziz Aqqulov.
Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi turizm sohasida tadbirkorlar kamligi, borlari ham bir xil yo‘nalishga moslashib qolganini tanqid qilgan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026