O‘zbekiston | 10:54 / 21.01.2020
2876
10 daqiqa o‘qiladi

Fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar oferta shakliga o‘tkaziladi

Fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish xizmatlari takomillashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

a) 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning shartnomalari to‘liqligicha oferta shakliga o‘tkaziladi;

b) vakolatli organlar oferta shaklga o‘tkazilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi ta'minlanadi;

v) xizmatlarning oferta shakllarini rasmiylashtirishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘lovlarini to‘langanligini ofertaning aksepti deb hisoblanadi.

Vakolatli organlar oferta namunasini joriy qilishda fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning qiymatini shakllantirish ish hajmiga mutanosib ravishda belgilanishi yoki o‘zgarishi nazarda tutiladi.

Oferta shakliga o‘tkaziladigan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxati tasdiqlanadi.

Vakolatli organlar:

fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning oferta shakllarini o‘zlarining ichki idoraviy buyrug‘i bilan tasdiqlaydi va o‘zlarining rasmiy veb-saytlaridan olish imkoniyatini yaratadilar;

oferta shaklidagi fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazishda ko‘rsatiladigan xizmatlarda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilishi inobatga olinadi;

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtiradilar.

Oferta shakliga o‘tkaziladigan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxati 

T/r

Davlat xizmatining nomi

Davlat xizmati ko‘rsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari

To‘lov turi va miqdori

Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

1.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste'moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Xulosa

2.

Ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarga sanitar-epidemiologik xulosa

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

1.

Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul

Sertifikat

2.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga import va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsatnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

3.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilish uchun ruxsatnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

4.

Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya

Yuridik shaxs

Pullik

Lisenziya

5.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

6.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

7.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

8.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

9.

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya kolleksiyalarining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Guvohnoma

10.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini "Yevro-2" ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul

Sertifikat

11.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llashga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

12.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

13.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

14.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

15.

Xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish

Yuridik shaxs

Bepul

Xulosa

16.

Davlat ekologik ekspertizasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

1.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Lisenziya

2.

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul

Xulosa

3.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul

Xulosa

4.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Guvohnoma

5.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport va importi uchun veterinariya sertifikati (guvohnoma) rasmiylashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Sertifikat (guvohnoma)

6.

Temiryo‘l vagonlari, kemalar, samolyot va boshqa transport vositalarini veterinariya-sanitariya ishlovidan o‘tkazilganligi haqida ma'lumotnoma rasmiylashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ma'lumotnoma

7.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Pasport

8.

Hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obektlarida ichimlik suvining sifatini baholash xulosalarini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul, pullik

Xulosa

9.

Bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obektlarida kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni, shuningdek o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilishda veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul, pullik

Xulosa

10.

Sotilayotgan mahsulotning veterinariya qoida va normalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi veterinariya xulosasi

 

 

Jismoniy va yuridik shaxslar

Bepul, pullik

Xulosa

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

1.

Import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi inspeksiya organlarini akkreditatsiya qilish

Yuridik shaxs

Pullik

Guvohnoma

2.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Muvofiqlik sertifikati

3.

Mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Muvofiqlik sertifikati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

1.

Karantin ruxsatnomasini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Ruxsatnoma

2.

Fitosanitar sertifikatni/reeksport fitosanitar sertifikatini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Sertifikat

3.

O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnomani rasmiylashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Dalolatnoma

4.

O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni respublika hududida tashishda ularda karantin nazoratidagi organizmlar mavjud emasligini tasdiqlovchi dalolatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Dalolatnoma

5.

Eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni, zararsizlantirish (fumigatsiya)

Jismoniy va yuridik shaxslar

Pullik

Dalolatnoma

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid