LED ekranlarning paydo bo‘lishi bilan reklama beruvchilarda o‘z tovar va xizmatlari haqida iste'molchilarga yanada yorqinroq va interaktiv usulda ma'lumot berish imkoniyatlari tug‘ildi.
Aksariyat odamlar voqelikni anglash jihatdan vizuallar ekanini inobatga olsak, ular aynan video formatidagi reklamalarni yaxshiroq qabul qiladilar. Ya'ni ma'lumotni o‘qib o‘tirgandan ko‘ra, bir qarashda kerakli axborotni olish mijozlar uchun ancha qulay.
O‘zbekistonda LED monitorlar ijarasi va ularni yetkazib berish hizmatlarini birinchilardan bo‘lib Ahadmix Group kompaniyasi boshlagan. Ushbu kompaniya joriy yilda o‘z yubileyi munosabati bilan poytaxtimizda O‘zbekistondagi eng yirik monitorni o‘rnatdi. Innovatsion uskunaning qulay joylashuvi sizning reklamangizni shaharning kamida yarim aholisi ko‘rishini kafolatlaydi. U Abdulla Qodiriy ko‘chasining yo‘l yuzida joylashgan (metroning «G‘ofur G‘ulom» bekati, NBU, «Ganga»).
Oz emas, ko‘p emas 500 kvadrat metr o‘lchamga ega monitor reklama beruvchilar uchun o‘z mahsulot va xizmatlari haqida mijozlarga ma'lumot berishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sohada 10 yillik tajribaga ega Ahadmix Group kompaniyasining interaktiv, yorqin va darrov ko‘zga tashlanadigan ekranlarini hozir shahrimizning deyarli barcha tumanlarida uchratish mumkin.
Bugunga kelib, mamlakatimizdagi eng yirik brendlari reklama borasida aynan Ahadmix Group bilan hamkorlik qilishni afzal bilishmoqda, chunki bu sohadagi eng yirik va eng innovatsion texnik baza ayni shu kompaniyada mavjud:
– Tasvirni 360 gradusda namoyish etuvchi ekran;

– mobil telefon shaklidagi ekran;

– nostandart konstruksiyaga ega ekranlar;


















