Topilma Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari va xorijlik tadqiqotchilar ishtirokidagi ekspeditsiya davomida aniqlangan.

Turkman uzunquloq koʻrshapalagi - Plecotus turkmenicus mamlakat hududida avval qayd etilmagan. Bu fan uchun yangi tur kashf etilganini emas, avvaldan maʼlum turning Oʻzbekistonda ham uchrashi ilk bor tasdiqlanganini anglatadi.

Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, mazkur koʻrshapalak asosan 1970-yilgacha boʻlgan qaydlar va muzey namunalari orqali maʼlum boʻlgan.

Ekspeditsiya Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi - IUCN amalga oshirayotgan «Tabiatni muhofaza qilishda «Yagona salomatlik» loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi - IKI tomonidan moliyalashtiriladi.