DW xabariga köra, Mask 14-oktabr kuni Starshield tizimlari AQŞ hukumatiga tegişli va uning nazorati ostida ekanini bildirgan.
U Starlink esa SpaceX’ning tijorat xizmati ekanini taʼkidlagan. Maskning aytişiça, undan fuqarolik yoki mudofaa vazifalarida foydalaniş mumkin, ammo hujumkor harbiy operatsiyalarda emas.
Maskning bayonoti Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorovning dronlar va Starlink tarmoği örtasidagi aloqa bosqiçma-bosqiç tiklanayotgani haqidagi izohiga javob bölgan.
Bundan avval Ukraina harbiylari va rasmiylari SpaceX frontda işlatilayotgan Starlink terminallari faoliyatini ogohlantirmasdan çeklaganini bildirgan edi.
Fedorovning sobiq maslahatçisi Sergey Sternenkoning aytişiça, 14-oktabrga ötar keçasi dron tezligi soatiga 60–70 kilometrga yetganda Starlink interneti işlaşdan töxtagan. Avval bu çegara soatiga 160 kilometr bölgan. Uning maʼlumotiga köra, çeklovlar birinçi navbatda Starşield’ga taalluqli bölgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya dronlarini, jumladan, reaktiv dronlarni urib tuşiruvçi tutuvçi dronlarning muvaffaqiyatli işlaşi köp jihatdan Starlink aloqasiga boğliqligini taʼkidlagan.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon SpaceX sunʼiy yöldoş interneti Ukraina armiyasining frontdagi asosiy aloqa vositalaridan biriga aylangan. U dronlarni boşqarişda ham qöllanadi.
Starshield faoliyatidagi çeklovlar Kiyev va AQŞ maʼmuriyati munosabatlaridagi taranglik fonida kuzatilgan. Avvalroq Donald Tramp Ukraina Oq uyning sörovlariga qaramay, Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişda davom etayotganini tanqid qilgan. U Ukrainada yangi prezidentlik saylovlari ötkazişga ham çaqirgan.













