Hukumat taklif qilgan pensiya islohotiga norozilik sifatida Fransiyadagi eng qudratli Grand'Maison gidroelektrostansiyasi faoliyati töxtatib qöyildi.
BFMTV telekanalining ma'lumot berişiça, Izer departamenti hududida joylaşgan GES duşanba kuni işlaşdan töxtagan.
"CGT islohot loyihasiga qarşi çiqqan holda elektr işlab çiqariş va taqsimlaş sohasidagi norozilik aksiyalarini davom ettiradi. Uşbu aksiyani ötkaziş qarori norozilik bildirayotgan xodimlar yiğilişida qabul qilingan", - deb xabar bermoqda telekanal.
Mazkur GESning loyihaviy quvvati 1800 megavattni, ya'ni Fransiyada Électricité de France (EDF) kompaniyasi foydalanayotgan barça GESlar quvvatining 9 foizini taşkil etadi.
Fransiyada beşinçi dekabr kuni hukumat e'lon qilgan pensiya islohotiga qarşi umummilliy iş taşlaşi boşlandi. Iş taşlaşlar natijasida mamlakatda jamoat transporti faoliyati izdan çiqdi. Pensiya islohoti töğrisidagi qonun loyihasi fevralda Fransiya parlamentiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi.












