Vaşington Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi yangi qömondoni general Ismoil Ğaniga yöq qiliş bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda AQŞning Eron böyiça maxsus vakili Brayan Huk aytib ötdi, deb xabar berdi Asharq Al-Awsat naşri.
Xukning ta'kidlaşiça, general Qosim Sulaymoniyning izdoşi amerikalik fuqarolarga hujumlarni davom ettirsa, AQŞ uni bartaraf qiladi.
«Agar u ham amerikaliklarni öldiriş yölidan borsa, uni ham şunday [Sulaymoniyniki kabi] qismat kutmoqda. Prezident yillar davomida mintaqada [Yaqin Şarqda] amerikaliklarga har qanday hujum qat'iy javobga uçraşini ta'kidlab kelgan», deb aytgan AQŞ vakili.
Amerikalik harbiylar 3 yanvarga ötar keçasi Bağdod aeroporti yaqinida «Al-Quds» qömondoni general Qosim Sulaymoniyni bartaraf etişgan. Sulaymoniy ölimidan keyin uning örniga Ismoil Ğani tayinlangandi.
Sulaymoniyning vorisi. «Al-Quds»ning yangi qömondoni haqida nimalar ma'lum?










