Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida samarali boşqaruv tizimini yaratiş böyiça vazifalarga töxtalib ötdi.
«Hokimlar oxirgi 3 yilda ularga berilgan keng vakolatlardan qançalik samarali foydalanayotganini, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari faoliyati natijadorligini nazorat qiliş böyiça yangi tizim yaratiş şart.
Şu örinda haqli savol tuğiladi: nima uçun Boş vazirdan boşlab, barça hukumat a'zolari, viloyat hokimlari parlamentga hisobot beradiyu, viloyat va tumanlardagi rahbarlar öz faoliyati haqida mahalliy kengaşlarga hisobot bermasligi kerak?
Şuning uçun, viloyat va tuman hokimlari öz dasturlari va ularning ijrosi töğrisida viloyat kengaşlarida hisobot beradigan tizim joriy qilinadi.
Ayni vaqtda, hokimlar farmonlar, qarorlar, konsepsiya va strategiyalarda belgilangan indikatorlar va maqsadli parametrlarning öz hududidagi ijrosi böyiça ommaviy axborot vositalari va jamoatçilikka muntazam axborot berib borişlari kerak böladi.
Iş samarasini oşiriş maqsadida, mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengaş sörovi institutini joriy etişni taklif qilaman.
Yana bir muhim masala. Amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan.
Şundan 175tasi mazmun-mohiyatiga köra hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi.
Bu esa iş sifati va ijro intizomiga salbiy ta'sir körsatişi tabiiy.
Şu sababli Oliy Majlis Senatiga Adliya vazirligini jalb etgan holda, şu yilning birinçi yarmida hokimlarning vakolatlarini qayta körib çiqiş va ularga xos bölmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegişli organlarga ötkazişni ta'minlaş böyiça taklif tayyorlaş topşiriladi», – dedi prezident.












