«105 fojia» - Erta ona bölgan qizlar taqdiri haqida kim qayğuradi?
|21:30 / 26.01.202075 86814 min
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti statistikasida ta'kidlanişiça, rivojlanayotgan davlatlarda har yili 15-19 yoşdagi taxminan 16 million qiz ona böladi. Şundan 2,5 million kişini 16 yoşdan kiçik qizlar taşkil qiladi.
«Homiladorlik va tuğruq vaqtidagi qiyinçiliklar dunyo böyiça 15-19 yoşli qizlarning ölimiga ham sabab bölib kelmoqda.
Bundan taşqari, 10-19 yoşli ona böladigan qizlarning köpçiligining hayoti 20-24 yoşlilar bilan soliştirganda xavf ostida böladi», deyiladi JSST ma'lumotida.
133/105
Xotin-qizlar qömitasi taqdim etgan ma'lumotga köra, Özbekistonda 2018 yilda jami 750 ming tuğruqqa 133ta erta tuğruq holati töğri kelgan.
2019 yilning 10 oyi statistikasiga köra esa, 650 ming tuğruqqa 105ta erta tuğruq qayd etilgan. Bunda erta ona bölganlar yoşi 17 yoşgaça hisoblanadi.
Turli naşrlarda jismoniy va ruhiy jihatdan ona bölişga hali töliq tayyor bölmagan qizlarning farzandli bölgani haqida xabarlar çiqişi odatga aylanib qolgan.
«Falon hududda maktab öquvçisi ona böldi», «Falon maktabning 8-sinf öquvçisi çaqaloğini hojatxonada dunyoga keltirdi» degan «jimjimador» sarlavhalar bilan ijtimoiy tarmoqlarda aylanadigan xabarlarda ba'zan qizlarning anonim ma'lumotlari ham jamoatçilikka oçiqlanmoqda.
Biroq bunday qizlarga ham barça huquqlarga ega inson sifatida qaralişi, bundan keyin hayotga tezroq moslaşişlari, öz örnini topişlari uçun ularga qanday yordam berilişi kerak?
Ularga tegişli axborot bilan işlaşda nimalarga e'tibor qaratilişi zarur?
Şaxsiy ma'lumotni tarqatiş mumkin emas
Içki işlar vazirligi bergan ma'lumotga köra, şaxsning şaxsiy yoki oilaviy sirini taşkil etuvçi şaxsiy hayoti töğrisidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz, qonunga xilof ravişda yiğiş yoki tarqatiş mumkin emas.
Agar şunday holat aniqlansa, bu holat uni sodir etgan şaxsga «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 461-moddasiga köra bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Mavzuga oid
Zöravonlikka uçragan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari işlamoqda
Guljamol Asqarova
Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari bölimi boş mutaxassisi:
— Uzoq yillik tajribaga suyangan holda ayta olamanki, agar qizning nomusi, şa'ni bilan boğliq biror noxuş holat röy bersa, Xotin-qizlar qömitasi birinçi navbatda yordamga boradi. Bu hol röy bergunga qadarçi?
Holat sodir bölgunga qadar işlar birgina jamoat taşkilotininggina işi emas, har birimizning vazifamiz, aslida.
Ota-ona, jamiyat, jamoatçilik, mas'ul taşkilotlar - hamma mas'ul. Bu borada turli profilaktika işlari ham olib boriladi, biroq bu – hayot. Unda illatli holatlar bölib turadi.
Şuning uçun ham Xotin-qizlar qömitasi qoşida zöravonlikka uçragan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari oçildi. Ayni paytda respublika böyiça 197ta şunday markaz mavjud.
Markazlarning maqsadi boşiga iş tuşgan insonning ruhiyati bilan zargarona işlaş va hayotga qaytarişdir.
«Hamma narsa axloqsizlikka borib taqalmaydi, istisnoli holatlar ham bor...»
Yaqinda qömitaga «Qizlarimizning axloqi buzilib ketayotgani tufayli erta tuğruq va erta turmuş holatlari köpayib ketyapti», degan mazmundagi murojaat keldi.
Lekin bilişimiz kerakki, qizlar hayotidagi noxuş holatlar faqatgina axloqsizlik tufayli sodir bölmaydi. Masalan, 2019 yilning 10 oyi davomida 105 nafar erta tuğruq holati qayd etilgan. Bu - 105 fojia degani. Biroq, bu holatlarning, ehtimol, 3tasi axloqsizlik tufayli sodir bölgandir, lekin mana şu sonlarda zöravonlik oqibatida hayoti buzilgan qizlar uluşi köproq. Hozir reabilitatsiya markazlari mana şu qizlar bilan ham işlaşga, ularga yordam berişga imkon qadar harakat qilmoqda.
Taşkil etilganidan buyon markazlarga murojaat etgan xotin-qizlar soni 17 ming 766 nafarni taşkil etdi. Şu davrda murojaat etganlarning 2747 nafariga tibbiy yordam, 5295 nafariga psixologik yordam, 3556 nafariga huquqiy yordam körsatilib, 2121 nafarining iş bilan bandligi ta'minlangan.
Bir paytlar zöravonlikka duç kelgan, nomusi toptalgan qizlar bilan boğliq işlarni «qiz öz xohişi bilan rozi bölgan» degan tamğa ostida yopib yuborilgan holatlarni ham kuzatganmiz.
Lekin hozir reabilitatsiya markazlari mana şu kabi holatlarga yöl qöymaslikka, nafaqat ayolni psixologik tiklaş, balki huquqini himoyalaş orqali imkon qadar yordam berişga harakat qilyapti.
Qiz şa'ni muhimmi yoki qasd?
Yaqinda ota-ona yuqori lavozimda işlaydigan tanişining öğlidan farzandli bölgan qizi haqida ma'lumot berişdan boş tortdi. Har qanaqa da'vo arizalari berişni rad qilişdi. Çaqaloq esa tegişli taşkilotlar tomonidan boşqa oilaga farzandlikka berib yuborildi. Yordam berişga harakat qilgan taşkilotlarga ota-ona tomonidan rad javobi berildi.
Keyin bir qança vaqt ötib ota-onalar bir-biri bilan kelişa olmay qolgaç, qizning ota-onasi hatto farzandi haqidagi barça ma'lumotlarni oçiqlaşga, mansabdor tanişini şu yöl bilan işdan böşatişga harakat boşlaşdi.
Bu holatda ota-ona qizining şa'nini öylamadi, ololmagan qasdini öyladi, tarafkaşlar öz manfaati yölida şu oilani va öşa qizni xarob qildi. Bu kabi hammaga ham ma'lum bölmagan, çuqur tahlillarni talab etadigan holatlar ham bor.
«Teskari ta'sirdan ehtiyot böliş zarur»
Odamlar zöravonlikka duç kelgan xotin-qizlar haqida ma'lumot olişga, tarqatişga juda qiziqişadi. Lekin bunday ma'lumotlar jamiyatga teskari ta'sir berişini ham jiddiy öylab köriş zarur.
Kiçikligimda maktabimizda bir öquvçi simni rozetkaga tiqib sinab körayotgan paytida tok urib vafot etgandi. Şu voqea haqida maktabda va mahallada şu qadar köp gapirilgandiki, öşa bolaning tok urişi voqeasi qanaqa bölgani bizni juda qiziqtirib qöygandi. Oxiri öşa muhokamalar ta'sirida men va ukam bir kunda mana şu tok uriş holatini özimizda sinab körganmiz...
Inson psixologiyasi, ayniqsa, ösmirlar ruhiyati bilan juda nozik işlaş kerak, sohaning öz egalari işlaşi kerak.
Jarblanganlar haqida noprofessional yondaşib axborot tarqatiş kerak emas...
Ba'zida reabilitatsiya markazlaridagi holatlarni örganiş uçun borganimizda xotin-qizlar ayrim jurnalist yoki blogerlar ular haqida material tayyorlab, yuzlarini ozgina berkitgan holda tarqatib yuborişganidan şikoyat qilişadi.
«Meni ovozimdan tanib qolişdi. Endi nima degan odam böldim...», - deya dardlarini aytişadi.
Özbekistonda aynan mana şu turdagi jabrlanganlar, ularga tegişli axborotlar bilan işlaş böyiça mexanizm şakllaniş pallasida. Bu boradagi tajribalar ortib, mexanizm töliq şakllanişi uçun vaqt kerak.
Bunday hollarda özi şundoq ham jabr çekib turgan insonlarga yana jabr qilib, ular haqidagi ma'lumotlarni noprofessional yondaşuv bilan tarqatib yuboriş esa yaxşi emas.
Zöravonlikdan jabrlangan şaxs haqida ma'lumot tarqatişning tartibi bor
Kimdir zöravonlikdan jabr çekkan qizni köçada uçratib qoldi, deylik. Agar u axborot tarqatiş faoliyati bilan şuğullanadigan inson bölsa, (bölmasa ham) darhol qizdan ma'lumot olişga, tarqatişga harakat qiladi. Bu jarayonda qiz hayotiga tegişli ma'lumot jamoatçilikka oçiqlanib ketişi mumkin.
Vaholanki, ularga tegişli ma'lumotning saqlanişi qonun bilan kafolatlangan.
«Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 30-moddasida ham bu narsaga alohida töxtalib ötilgan.
«Tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçining şaxsiga doir ma'lumotlari işonib topşirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarişi munosabati bilan bu ma'lumotlar öziga ma'lum bölib qolgan, uşbu ma'lumotlarni oşkor etişga yöl qöygan şaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi», deyiladi qonunda.
Xotin-qizlar qömitasining axborot tarqatuvçi şaxslardan katta iltimosi şuki, reabilitatsiya markazlaridan ma'lumot olayotganda imkon qadar axborotning maxfiyligiga, jabrlangan insonlarning şaxsiy axborotlari tarqalib ketmasligiga e'tiborli bölişsin.
Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi bu borada maxsus iltimosnoma bilan ham çiqdi.
«Men yurganim uçun yaxşiman…»
Ba'zida ayollarning yaqinlari tomonidan inkor qilinişi holatlari uçrab turadi. Erining aybini böyniga olib qamoqda ötirib çiqqaç köçada qolgan ayollar, yaqinlariga borini berib heç vaqosiz qolgan ayollar...
Şu paytda Halima Xudoyberdiyevaning: «Men yurganim uçun yaxşiman...» degan satrini eslayman, ya'ni oyoğim tagida şamol ötib, özimni eplab yurganim uçun yaxşiman, aks holda keraksizman, deyilyapti! Dahşatli haqiqat!
Şunday holatlarda ayol 2 narsa uçun: soğligi va huquqi uçun avvalo özi kuraşmoği kerakligini tuşunişi şart, deb öylayman.
«Ota-ona farzand oldida mas'uldir…»
Homidjon Işmatbekov
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari:
— Alloh taolo farzandni ota-ona uçun omonat qilib bergan. Uning ta'lim-tarbiyasi uçun ham ota-ona mas'ul hamda buning uçun qiyomat kunida ham Alloh taolo huzurida, albatta, javob beradi.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yuriş turişi, muomalasi, boşqalar bilan özaro munosabatida farzandlariga namuna bölişi kerak. Çunki bola tabiatan nihoyatda taqlidçan va kuzatuvçan böladi. Şuning uçun uning atrofdagilari öz odatlari bilan ba'zan özlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam:«Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qöl ostidagilari uçun mas'uldir»deganlar(Muttafaqun alayh).
Yana bir hadisda«Birorta ota öz farzandiga odob-axloqdan afzalroq meros berolmaydi»,deb marhamat qilingan.
Demak, har bir ota-ona avvalo farzandi uçun qilinadigan öz zimmasidagi vazifalarini yaxşi ado qilib, farzandiga din-u diyonat, halol-harom va şariatimiz ruxsat bergan va ma'n qilgan narsalarni örgatişi kerak.
«Nikoh – barça muammolarning yeçimidir...»
Umumiy ma'noda dinimizda mömin-musulmonlar örtasidagi döstlik, özaro muhabbat maqtaladi, tarğib qilinadi. Alloh taolo mö'minlarni Qur'oni karimda «ixva» ya'ni, aka-ukalar deb atagan.
Hatto dunyoda bir-birini Alloh yölida yaxşi körgan döstlar qiyomat kuni soya yöq paytda Arşning soyasida bölişlari hadislarda ta'kidlangan. Bu yerdagi din qardoşligi erkag-u ayolni öz içiga oladi. Ayollar mö'minlarga dindoş opa-singil hisoblanadilar. Ularga dinimiz belgilab bergan çegarada muomala qilişimiz ayni muddaodir.
Nomahram erkak va ayol yaqin döst bölişlariga kelsak, buning eng ma'qul yeçimi – nikohdir. Nikohdan keyin ularning özaro döstliklari, muhabbatlari ibodatga aylanadi, uluğ savob böladi. Bu Alloh taoloning islom ummatiga bergan imtiyozi va undan foydalaniş kerak.
Lekin nikohsiz bunday döstlikning oxiri yaxşilikka olib kelmaydi, albatta. Çunki bunday «döstlik» köpinça zinoga olib keladi, natijada nikohsiz farzandlar dunyoga keladi. Bunday farzandlar aksar hollarda tuğilmasdan «öldiriladi» yoki çekka joylarga, çiqindixonalarga taşlab ketiladi. Gunoh ustiga gunoh, razolat ustiga razolat böladi.
Bu mavzuda töğri yeçim şuki, nafsimizni qöyib, haq yölga ergaşiş lozim, zero Alloh taolo marhamat qiladi: «...Bas, sizlarga Mendan hidoyat kelganda, hidoyatimga ergaşganlarga xavf yöqdir va ular taşviş ham çekmaydilar» (Baqara surasi, 38-oyat).
Yuqoridagilardan kelib çiqib, şariatda erkag-u ayol umuman gaplaşişi mumkin emas, degan xulosa çiqmaydi. Dinimizda nomahram erkak va ayollar örtasidagi munosabatlar: hujjatlarni rasmiylaştiriş, savdo, ijara, qarz oldi-berdisi, ta'lim beriş, davolaniş va şu kabi işlarda, zarurat miqdoriça gaplaşişga ruxsat berilgan.
Bundan taşqari, dinimizda oila qurib yaşaş savobli amallardan biri hisoblanib, uni qanday taşkil qiliş, uning boşliği kim bölişi, a'zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, a'zolari örtasida çiqadigan kelişmovçiliklarni muolaja qiliş kabi oilaviy hayotning barça masalalariga javob berilgandir.
Alloh taolo nikoh asosida yaşaş insoniy fitratga muvofiq ekanini eslatib, şunday marhamat qilgan: «Sizlar eslatma olişlaringiz uçun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik» (Zoriyot surasi, 49-oyat).
Demak, Alloh taolo borliqdagi barça narsalarni juft-juft qilib yaratgan.
Alloma Muhammad Mutavalliy Şa'roviy rahmatullohi alayh mazkur oyatning tafsirida bunday deganlar: «Oyatda qaramoğida böydoq yigit yoki böyiga yetgan qizlari bor kişilarga: «Ularni nikohlab, sarf-xarajatlariga yordam beringlar, şunda öğil-qizlaringizning iffatlarini saqlab qolursizlar!», deb buyruq berilmoqda».
Hanafiy mazhabimizda kişi uylanib, hayotini iffat va pokizalik bilan ötkazişi uylanmasdan umrini nafl ibodatda ötkazişidan köra afzaldir deyilgan.
Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham oila qurişga tarğib qilib, ya'ni: «Nikoh mening sunnatimdir. Kim meni sunnatimga amal qilmasa, mendan emas. Turmuş quringlar! Zero, men qiyomat kuni sizlarning köpligingiz bilan faxrlanaman» (Imom Ibn Moja rivoyatlari).
Xulosa
Bir insonning tuğilib to voyaga yetgunga qadar bölgan barça bosqiçlarda ota-onadan boşlab, butun jamiyatning ham zimmasida uning tarbiyasiga va hayotiga javobgarlik mas'uliyati böladi. Çunki hamma narsa bir-biriga boğliq.
Kimningdir hayotida noxuş vaziyat sodir bölmasligi uçun birimiz ota, ona yoki opa, uka, singil, döst sifatida mas'ulmiz.
Agar sodir bölsa ham, ularning hayotga qaytişiga ham nimadir qiliş yoki qilmaslik orqali yordam beraylik.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi