Eron general Qosim Sulaymoniyning öldirilişiga javoban AQŞning Iroqdagi bazalarini öqqa tutişi oqibatida jabrlangan amerikalik harbiylar soni 50 nafargaça yetdi. Bu haqda Pentagon vakili Tomas Kempbell ma'lum qildi. 

“Yana 16 harbiyda miya-çanoq jarohati qayd qilindi. Bugungi kunga kelib 50 amerikalik harbiy miya-çanoq jarohati olgan”, deb ma'lum qilgan Kempbell.  

Uning ta'kidlaşiça, jabrlanganlardan 31 nafari Iroqning özida tibbiy yordam olib, öz majburiyatlarini bajarişga qaytgan. 18 harbiy esa davolaniş uçun Germaniyaga jönatilgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp dastlab Eronning zarbalari oqibatida jabrlanganlar yöqligini, keyinroq esa harbiylar orasida kontuziyaga uçraganlar borligini, biroq gap jiddiy bölmagan jarohatlar haqida borayotganini ma'lum qilgan.

Amerikalik harbiylar 3 yanvarda Bağdod aeroporti yaqinida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniyni bartaraf etişgandi.  

Eron qurolli kuçlari generalning ölimi uçun öç oliş maqsadida amerikalik harbiylar tomonidan Iroqda foydalaniladigan ikkita obekt - Bağdoddan 160 km uzoqlikda joylaşgan Ayn-al-Asad aviabazasi va mamlakat şimolidagi Erbil aeroportiga raketa zarbalari bergan edi.