Karib dengizida, Yamayka va Kuba orasidagi hududda 7,7 magnitudali kuçli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQŞ geologik xizmati xabar qildi.

Zilzila markazi Yamaykadagi Lusea şahridan 117 km şimolda, öçoği 10 km çuqurlikda bölgan. Zilzila kuçi Kubada, Floridada sezilgan. Mayamida odamlar binolardan evakuatsiya qilingan.

Ayni vaqtda jabrlanganlar va talofatlar haqida ma'lumotlar yöq, biroq guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda Yamaykada binolarga şikast yetganini ma'lum qilişgan.

Zilzila oqibatida Karib dengizida kuçli sunami hosil bölişi mumkinligi ma'lum qilingan. Tsunami Beliz, Kuba, Honduras, Meksika, Kayman orollari va Yamayka sohillari böylab ötişi mumkin.   

24 yanvarda Turkiya şarqida 6,8 magnitudali kuçli zilzila yuz bergandi. Undan keyin 4 va undan yuqori magnitudali 228 ta afterşok qayd qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Elyaziğ viloyatida yuz bergan zilziladan 38 kişi halok bölgan.