Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi lavozimini tark etgan Komil Allamjonov va uning sobiq örinbosari Saida Mirziyoyeva xayrlaşuv postlarini yozişdi.

«Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda ötdi. Davlat xizmati katta maktab böldi. Endi biz tanlagan jamoatçilik yöli ham bundan-da voqealarga boy, şu bilan birga, sermazmun böladi deb niyat qilaman. Nima bölsa ham, xalq va yurt manfaati boş maqsad bölib qoladi», deyiladi Allamjonovning telegram kanalidagi postida.

Saida Mirziyoyeva bundan keyin ham davlat va yurt farovonligi yölida qölidan kelganiça xizmat qilişga tayyorligini bildirgan.

«Agentlikdagi faoliyatim mening hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri böldi. Oldimizga qöyilgan har bir masala va vazifaga astoydil harakat qilgan holda yondaşdik. Kelajakda ham qaysi yönalişda işlaşimdan qat'i nazar, faqat davlat va yurt farovonligi yölida qölimdan kelganiça xizmat qilişga tayyorman», deya yozadi u.

Bundan avvalroq Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva nodavlat sektorda işlaş maqsadida öz lavozimlarini tark etgani ma'lum bölgandi. Agentlik rahbarligini Allamjonovning sobiq birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov egallagan.

Eslatib ötamiz, prezidentning sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov 2018 yilning noyabrida Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan, köp ötmay bu agentlik Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aylantirilgandi.

Saida Mirziyoyeva esa 2019 yilning aprelida agentlik direktori örinbosari etib tayinlangandi.