Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX xodimlari iştirokida ötkazilgan tadbir davomida Koreya Respublikasiga işga jönatişni va'da qilib, 5 kişidan jami 35 ming dollar olmoqçi bölgan xususiy bandlik agentligi vakillari uşlandi.
«Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, «O. xususiy bandlik agentligi» MÇJ xodimlari M.I., T.A. va fuqaro I.X. fuqaro L.K. va boşqalarning işonçiga kirib, ularni aldab, 4 nafar öğillari va 1 nafar jiyanini noqonuniy ravişda, tegişli hujjatlar rasmiylaştirmasdan Koreya Respublikasiga işga yuboriş evaziga har biri uçun 7 000 AQŞ dollaridan jami 35 000 AQŞ dollari talab qilib, şundan, 17 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan ma'lumotda.
Şuningdek, tezkor tadbir davomida «A.visa» MÇJ rahbari Ş.A. yuqorida nomlari keltirilgan 5 kişini noqonuniy ravişda Koreya Respublikasiga işga yuboriş evaziga bönak sifatida 2 500 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











