
Tahririyatimizga 6-sinf öquvçisidan murojaat kelib tuşdi. Bizga maktub yöllagan kiçkina janobning yozişiça, u öqiydigan maktab ta'mirlanmagan, zamon talabiga javob bermas ekan.
Bu murojaatga befarq böla olmadik. Navqiron avlod ham kamçiliklarni yaşiriş emas, oşkor etiş va öz örnida hal qiliş kerakligini anglayotganidan mamnun böldik. Modomiki bu avlodning dunyoqaraşi, atrof-dunyoga bölgan nazari ijobiy şakllanayotgan ekan, qarsakbozlik, maddohlik, löttivozliklarga yomon köz bilan qaraş şakllanayotgan ekan, ertangi kunimizga köproq umid qaraşga asoslarimiz bor.
Murojaat ortidan Toşkent viloyati Qibray tumanidagi 11-sonli maktabda bölib, maktab direktori bilan suhbatlaşdik.
– Muammolarni yaşirmasdan, aksinça, oçiqlaşga qanday qaraysiz?
– Özim şuning tarafdoriman. Muammolar haqida gapirilsa, natijada ular bartaraf etilsa, yaxşi böladi faqat.
– Yoş avlod tobora ziyrak, kamçiliklarga murosasiz, dunyoqaraşi maddohlikdan xoli bölib boryapti. Bu sizni xursand qiladimi?
– Albatta xursand qiladi. Bu – ularning dunyoqaraşi ösayotganidan dalolat. Biz bugun demokratik davlat qurmoqdamiz, yoşlarimiz ham çekkada qolişmayapti – kamçiliklarni oçiq-oydin aytişga urinişmoqda.
– Siz boşqarayotgan maktabda atrofga befarq bölmagan bolalar yetişib çiqayotgan ekan, bundan mamnunmisiz?
– Albatta.
– Endi u bola «maktabimizni şarmanda qilibsan», deb izza qilinmaydimi?
– Aslida biz kattalar kamçiliklar haqida gapirişimiz kerak edi.

Ma'lum bölişiça, 1996 yilda qurilgan maktab oxirgi marta 2007 yilda ta'mirlangan. Muassasa 422 öringa möljallangan bölib, hozir unda 200ga yaqin öquvçi öqiyapti. Direktorning aytişiça, maktab 2019 yilda joriy ta'mirlanişi kerak bölgan, ammo öquvçilar soni kamligi sababli mutasaddilar ta'mirlaşni çözib kelişmoqda.
















