«Talabaga bu fan nega kerakligini tuşuntira oliş muhim» – Kopengagen universitetining özbek professori
|03:07 / 01.02.202031 3048 min
Kun.uz bugungi ilm-fan, yangi ilmiy tadqiqotlar haqida ilm ahli - olimlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Kopengagen universitetining yoş professori Bekzod Hakimov böldi.
Bekzod Hakimov şuğullanayotgan ilm sohasi metobolomika deb ataladi. Bu – köpçilik uçun notaniş soha.
Suhbat davomida yoş özbek olimining ilm va oliy ta'lim borasidagi qaraşlari, oldinda turgan muammolar, ularga taklif qilinayotgan yeçimlar haqida söz bordi.
– Bekzod aka, özingiz haqingizda gapirib bersangiz: ilm yölida qanday bosqiçlardan ötdingiz?
– Bu darajaga çiqişimda muhim bosqiç bölgan Samarqanddagi 4-respublika litsey-internati haqida ham aytişim zarur. Çunki aynan şu litsey men uçun katta hayotga tayyorlov va ilmga qiziqişimga sabab bölgan. U yerdagi tahsilni tamomlab, ÖzMU kimyo fakultetiga öqişga kirganman. Bakalavr darajasini olganimdan söng Londonga ketib, ingliz tilini örgandim. London universitetining Queen Mary kollejida öz soham böyiça magistraturada öqidim.
Keyin aspirantura öqib, ilmiy laboratoriyada işlaş maqsadida köpgina variantlarni körib çiqa boşladim. Şunda Kopengagen universitetida oziq-ovqat yönalişi böyiça ilmiy iş olib borayotgan laboratoriyaga aspiranturaga qabul qilindim. 2013 yilda PhD unvoniga ega böldim. Şundan keyin öşa universitetda dotsent, hozir esa professor sifatida işlab kelyapman.
– Özingiz şuğullanayotgan ilm yönalişi haqida gapirib bersangiz.
– Hozirda fudomiks va data analiz (ma'lumotlarni statistik tahlil qiliş) yönalişlari böyiça ilmiy iş olib boraman. Fudomiks nima? U oziq-ovqat tarkibidagi molekulalar miqdori va ularning sifati analizi bilan şuğullanadigan soha hisoblanadi.
Barça oziq mahsulotlari molekulalarining umumiy kartasi tuziladi hamda buning inson soğligiga qanday ta'sir qilayotgani: ijobiy yoki salbiyligi; ijobiy bölsa nimasi bilan şunday, salbiy bölsa nima uçun şunday bölayotgani örganiladi. Fudomiks, şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat sifati kabi yönalişlarga ham ega.
Bizning asosiy vazifalarimizdan biri – öşa oziq mahsuloti peşlavhasiga yozilgan narsalar barçasi bormi yoki boşqa narsalar ham qöşilganmi, şularni örganiş. Keyin esa iste'molçilarni bundan ogohlantiriş kerak böladi.
Kopengagendagi laboratoriyamizda inson soğliği va yaşaş tarziga diyetaning qanday ta'sir qilişini örganamiz. Masalan, biz 2016 yilda «Journal of proteome research» jurnalida maqola çop qilganmiz. Unda yangi skandinaviya diyetasi (New Nordic Diet) qanday qilib inson salomatligiga ijobiy ta'sir qilişini örganiş natijalari e'lon qilingan.
Mavzuga oid
Tadqiqot davomida 150 nafar köngillini tanlab oldik, ularning yarmi yangi skandinaviya diyetasi asosida, yarmi esa oddiy diyetasini olib bordi. Diyetani boşlaşdan avval va tugagandan keyin ulardan metabolomiks yöli bilan biologik analiz olindi.
Natijalarni taqqoslab şunday xulosaga keldikki, gipertoniklarning qon bosimi me'yorlaşdi, vazni oğir kişilarning vazni ança pasaydi. Bizning tadqiqotimiz bu borada Skandinaviyada olib borilgan ilk tadqiqot edi.
– Fudomiksning bugungi kunda ilmiy muammolarni yeçişda ahamiyati qançalik katta?
– Özbekistonda hozirgi kunda iste'mol qilinayotgan oziq-ovqatning inson soğligiga ta'siri örganilmayapti, deya ayta olaman. Çunki buning uçun jahon talablariga javob beradigan laboratoriyalarimiz endi-endi rivojlanyapti.
Biz doim iste'mol qiladigan köp ovqatlar soğligimizga qanday zarar berişi, metobolizmimizning qaysi jarayoni buzilayotgani, oqibatda qanday kasalliklar kelib çiqayotgani, ularni qanday töxtatiş mumkinligi va buni odamlar ongiga singdiriş borasida ilmiy iş qiliş niyatim bor.
– Özbekistonlik olimlar bilan sohangiz doirasida qanday hamkorlik olib boryapsiz?
– Men Özbekistondagi ilmiy muhit bilan doim aloqada bölib turaman. Hali Londonda magistraturada öqib yurganimdayoq bizni öqitgan ustozlarimiz bilan aloqalarim bor edi. Ular bilan doimo ilmiy muammolar, yangiliklar haqida gaplaşib kelaman. Eng asosiy muammolarimiz 2014 yilda Ilğor texnologiyalar markazi tuzilayotgandayoq aniq bölgandi: bizda kadrlar yetişmaydi. Yoş olimlarni, yoş iqtidorli kadrlarni tayyorlaş zarur.
Ilmiy faoliyatim davomida şu muammoni hal qilişga yordamlaşib kelyapman. Yevropa Ittifoqidan ikki marta Erasmus mobility grant degan grand yutib olib, çet ellik olimlar bilan özbek talabalariga treninglar ötib kelaman. Masalan, ötgan yili 15 kun mobaynida daniyalik ikki hamkasbim bilan birga 30 nafar özbek talabalarini öqitdik. Kurs yakunida meni quvontirgan narsa – talabalarning qabul qilişi: ularning zehni, qobiliyati juda yaxşi, hatto daniyaliklardan ham.
Ilğor texnologiyalar markazi bilan yana bir qöşma loyihamiz bor. Ular bilan birgalikda Yevropaning Daniya, Ispaniya, Gollandiya davlatlaridagi ilğor universitetlarga talabalarimizni yuboriş va u yerdan yetakçi ekspertlarni Özbekistonga jalb etiş borasida loyiha qilyapmiz. Ular bu yoqqa kelib, universitetlardagi öqituvçilar, laborantlar, ilmiy tekşiriş institutlaridagi xodimlarga trening qiladi. Uning nomi iCampus deb ataladi.
2013 yildan beri ançagina zamonaviy asboblar xarid qilingan. Töğrisi, men ularning hozirgi kunda işlatiliş darajasidan qoniqmayman. Bundan ham yaxşi işlatiş mumkin. Bunday bölişiga sabab esa sotib olingan apparatni işlatadigan kadrlarni tayyorlab bölganimiz yöq hali.
Şuning uçun ham Yevropa Ittifoqidan moliyaviy yordam sörayapmizki, yoş kadrlarni tayyorlaş, ilmiy xodimlarni köpaytirişni maqsad qilyapmiz. Loyiha ikki marta qaytdi, lekin uçinçi marta ham yuboramiz, Xudo xohlasa olamiz. Unda Özbekistondagi 8ta universitetdan 1000ga yaqin talaba, şuningdek 100dan ortiq professor-öqituvçi va olimlarni qamrab oliş rejalaştirilgan.
Çetdan keladigan olimlar bilan bu yerda konferensiya, seminar, treninglar qilamiz, hatto bir narsa möljal qilyapmizki, kiçik mobil asbob-uskunalarimizni özimiz bilan olib kelamiz va bevosita amaliyotini körsatamiz. Çunki bu kabi apparatlar bir jomadonga joy böladi.
– Bugungi kunda universitet lektori qanday bölişi kerak, sizningça?
– Universitet lektori birinçi navbatda innovativ va talabani öziga qiziqtira olişi kerak. Ikkinçidan, özi ötayotgan mavzuni nima uçun öqityapti, ertaga nima uçun kerak bölişini talabaga tuşuntirib bera olişi kerak.
Talabalik paytimni eslayman, ança-munça fanlarni nima uçun öqiyotganimizni bilmasdik. Hozirgaça öşanga ketgan vaqtimga açinaman.
Talaba qaysidir fanni nima uçun öqiyotganini bilişi kerak, bu uning haqqi. U nima uçun kerakligini tuşunib yetişi lozim.
Universitet professori, ma'ruzaçisi innovativ bölişi kerak dedim. Bu nima degani? Talabaga doskada formulalar yoziş qiziq emas, uning qöliga beriş kerakki, özi amalda sinab körsin. Masalan, professor mavzuni tuşuntirib, keyin bir tomçi yoğ, şuni tarkibidagi molekulalarni aniqlaş uçun nima qilasan, qanaqa metodika qöllaysan, qaysi asbob-uskunadan foydalanasan, deb ixtiyorni talabaga berişi kerak.
– Ilmga kirib kelayotgan yoşlarga qanday maslahat berasiz?
– Talabaga ta'sir qiladigan narsa bu – muhit. Universitetga kelgan talabaga lektorning ta'siri katta böladi. Şu ma'noda yana bir bora aytiş kerakki, dunyo tajribasiga ega kadrlar kerak. Talabalar ma'ruzada ötirganda, ma'ruzaçidan köz uzolmasligi, aytayotgan har bir informatsiyasini olişi kerak böladi.
Ikkinçi tomondan, köp talabalarda demotivatsiya bor. Öqişga kirayotganda yoki kirganda, öziga haqiqatan ham men şu sohada ekspert bölamanmi, şu sohada işlaymanmi, degan savolni bermaydi.
Köça iborasi bilan aytganda, fanatik talabalar yöq emas, bor. Ularni tarbiyalaş, qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Men bu vaziyatni öz tajribamda kördim. Treninglarimiz davomida ular bilan uçraşib, gaplaşdim.
Bundan taşqari, faqatgina ingliz tilini biliş emas, umumjahon adabiyotiga töliq olib kiriş lozim. Öz sohasida işlayotgan olimlarimizga umumjahon adabiyotidan qanaqa maqola kerak bölsa, olib öqişi juda katta ahamiyatga ega. Ba'zi maqolalarni oddiy qidiruv tizimi orqali topib bölmaydi.