TCL Communications kompaniyasi BlackBerry brendining yopilişini e'lon qildi. Uşbu brend ostida işlab çiqariluvçi smartfonlar savdosi kuzda töxtatiladi.
Bu haqda tvitterdagi BlackBerry Mobile sahifasida ma'lum qilindi. BlackBerry qurilmalari 31 avgustdan keyin sotilişi töxtatiladi. Bioq kompaniya BlackBerry foydalanuvçilarini 2022 yil 31 avgustigaça qöllab-quvvatlab turadi.
Öz vaqtida BlackBerry mobil telefonlari maşhur bölgan. Buning isboti sifatida AQŞda işlangan köplab filmlar qahramonlarining Kanada kompaniyasining uşbu qurilmalaridan foydalanişini köriş mumkin.
Biroq zamon özgarib, BlackBerry eski texnologiyalari sababli bozorni qöldan boy berdi. Natijada kompaniya smartfonlar işlab çiqarişni töxtatgan, biroq brend saqlanib qolgan.
2016 yilda Xitoyning TCL kompaniyasi brendni smartfonlar bozorida qöllaş huquqini sotib olgan va unga ikkinçi hayot bergan. Biroq afsonaviy nom va bir qator öziga xos qurilmalar yaratilganiga qaramay, BlackBerry smartfonlari ommalaşmagan.
BlackBerry telefonlarining öziga xos jihatlari biznesga möljallangani, şaxsiy ma'lumotlarning himoyalanganligi va QWERTY-klaviaturaga egaligi hisoblanadi. Uşbu markadagi ilk telefon 1997 yilda Research In Motion kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.
Öz vaqtida AQŞning 44-prezidenti Barak Obama BlackBerry qurilmalaridan foydalangan. 2013 yil mayida esa AQŞ mudofaa vazirligi bu markadagi smartfonlarni öz xodimlari orasida qöllanişiga rozilik bergan.












