Aholisining aksariyatini musulmonlar taşkil etadigan Özbekistonda Haj ziyoratiga boriş uçun talab yuqori. Hozir Umra ziyoratiga xususiy firmalar orqali ham boriş mumkin, ammo Hajga faqatgina davlat organi – Diniy işlar böyiça qömita tomonidan yuborilişi hamda bu ziyoratning mavsumiy (Oy taqvimi böyiça Zulhijja oyi, Quyoş taqvimi böyiça doimiy özgarib turadi) bölgani bois navbat kutişlar uzoq vaqt talab qiladi.

Haj uçun navbatga turiş tartibi yuzasidan savollar köpligi bois quyida bu borada batafsil ma'lumot keltiriladi.

Haj ziyoratiga fuqarolarni yuboriş Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan «Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida»gi Nizomga köra amalga oşiriladi.

Din işlari böyiça qömita tomonidan berilgan ma'lumotga köra, ilgari Hajga boriş istagini bildirgan har bir fuqaro navbatga qöyilar edi. Hozirda bu iş özini özi boşqariş organlari – mahalla fuqarolar yiğinlari tavsiyasi asosida amalga oşiriladi.

Haj ziyoratiga yuboriş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi.

Birinçi bosqiç: hujjat topşiriş

Fuqaro doimiy yaşaş manzili böyiça mahalla fuqarolar yiğini (MFY)ga hujjat (pasport nusxasi va ariza) topşirişi lozim.

Ikkinçi bosqiç: nomzodni örganiş

Fuqaroning belgilangan mezonlarga muvofiqligi örganiladi. Nomzod quyidagi talablarga javob berişi kerak:

·       moddiy (ziyorat uçun xarajatlarni tölay oliş) va jismoniy (salomatligining yaxşi bölişi) jihatdan ziyoratga qodir bölişi;

·       Haj ibodatini tökis ado etiş uçun yetarli diniy bilimga ega böliş;

·       oilasidagi muhitning soğlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanişi, mahalla fuqarolar yiğinidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişi;

·       yöldan adaşganlarni soğlom turmuş tarziga qaytariş, ularning ijtimoiy moslaşuviga yordam berişi, mahalla fuqarolar yiğinida ötkaziladigan xayriya tadbirlarida iştirok etişi;

·       bundan oldin Haj ibodatiga bormagan bölişi.