«Daymond prinsess» kruiz kemasi 20 yanvar kuni Yokogamadan çiqib, Kagosima-Hongkong-Okinava yönalişidan ötib, duşanba kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib bir neça odam tobi qoçgani haqida şikoyat qilgan va hukumat bortdagi barçani tekşirişga qaror qilgan.

Yaponiya Soğliqni saqlaş, mehnat va farovonlik vazirligi çorşanba kuni şifokorlar 10 kişida yangi koronavirus sabab bölgan pnevmoniyani aniqlaşganini xabar qildi. Rasmiylarga köra, virus hongkonglik yölovçi tomonidan yuqtirilgan bölişi mumkin. 

Taşuvçi kompaniyaning xabar berişiça, Yaponiyaga samolyotda uçib kelgan 80 yoşli erkak 20-25 yanvar kunlari «Daymond prinsess» bortida bölgan. Hongkongda undan koronavirus topilgan. 

Hukumatdagilar xabar berişiça, virus taşxisi qöyilgan kemadagi barça yölovçilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan. 

«Daymond prinsess» layneri operatori öz veb-saytida xabar berişiça, uç yapon, Xitoyning uç fuqarosi, ikki avstraliyalik va AQŞning bir fuqarosi, şuningdek, filippinlik (ekipaj a'zosi) tasdiqlangan taşxis bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Yaponiyaning NHK telekanali xabariga köra, tört kişining yoşi 50dan 60 yoşgaça, yana tört nafari 60 yoşdan 70 yoşgaça, biri 70 yoşdan, boşqasi 80dan oşgan. Ularning heç birining ahvoli oğir emasligi aytilgan. 

Kruiz kompaniyasining ma'lumotlariga köra, «Daymond prinsess» bortida jami bölib 2666 yölovçi va ekipajning 1045 a'zosi bölgan. Ularning qariyb yarmi Yaponiya fuqarolari, ammo laynerda jami 56 mamlakatdan fuqarolar bor.

«Daymond prinsess» operatori karantindagi yölovçilar zarur bölgan barça narsalar - oziq-ovqat, bepul internet va telefon bilan ta'minlanişini ta'kidlamoqda.
Yölovçilardan biri tvitterda laynerda bölayotgan voqealar fotosuratlari va videolarini joylaştirmoqda.