Vazirlar Mahkamasining “Nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş yagona davlat tizimi töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

Individual nurlaniş dozalarining yagona davlat hisobi va nazorat tizimi töğrisida nizom;

Xodimning şaxsiy nurlanişini hisobga oliş kartasi;

Individual dozimetrik nazorat natijalari bayon şakli;

Xodimning individual nurlaniş dozasini röyxatga oliş jurnal şakli tasdiqlanadi.

Soğliqni saqlaş vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil davomida davlat tibbiy-dozimetrik registri yuritilişini taşkil etadi.

Vazirliklar va idoralar hamda idoraviy mulkçilik şaklidan qat'iy nazar, faoliyati davomida ionlaştiruvçi nurlaniş manbalaridan foydalanuvçi korxona, taşkilot va muassasalarda 2020 yil yakuniga qadar nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş taşkil etilsin hamda belgilangan tartibda nurlaniş olişning individual dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş hududiy markazlariga ma'lumotni berib borilişini ta'minlaydi.

Individual nurlaniş dozalarining yagona davlat hisobi va nazorat tizimi töğrisidagi nizomga köra, yagona tizim radiatsiyaviy holatni monitoring qiliş böyiça yagona davlat avtomatlaştirilgan tizimi (RHMQBYaDAT) doirasida Soğliqni saqlaş vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining laboratoriya kompleksi radiologiya laboratoriyasi bazasida taşkil qilinadi. Ayrim radiatsiyaviy dozalarning hisobi va monitoringi radiatsion vaziyatni monitoring qilişning yakuniy böğini bölib, axborot ta'minoti va ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan aholining radiatsiyaviy xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni asoslaşga xizmat qiladi.

Yagona tizimni yaratiş faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi qoida va me'yorlarga rioya qilinişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş;

radiatsiyaviy vaziyatning özgarişi munosabati bilan nurlaniş xavfsizligini ta'minlaş uçun ta'sir qiliş darajasini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar va qarorlarni qabul qiliş uçun ijro hokimiyatlarini axborot va ma'lumot bilan ta'minlaş;