Efiopiya poytaxti Addis-Abeba şahrida Afrika ittifoqining (AI) 33-sammiti oçildi. Bu haqda eNCA telekompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuv yopiq majlis bilan boşlangan. Unda kun tartibidagi qator masalalar aniqlab olinadi, asosiy örinda Liviyadagi vaziyat turadi. Sammitga Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy raislik qilmoqda.

Uşbu sammitning boş mavzusi - "Qurolning ovozini öçiriş: Afrika taraqqiyoti uçun qulay şaroitlar yaratiş". Sammitda bundan yetti yil avval bölib ötgan sammitda 2020 yilga kelib Afrikada uruş va genotsidga barham beriş borasidagi qaror doirasida nimalarga erişilgani tahlil qilinadi. 

Sammitda Afrika ittifoqiga raislik qiliş vakolati Misrdan Janubiy Afrika Respublikasiga (JAR) ötadi. JAR prezidenti Siril Ramaposa yaqin 12 oy uçun ikkita muhim mavzuni belgilab oldi: Liviyadagi vaziyatni izga soliş va Janubiy Sudanda tinçlik kelişuvini töliq amalga oşiriş. 

JAR şuningdek, rais sifatida 1 iyuldan Afrika erkin savdo kontinental hududida (AfCFTA) savdo operatsiyalari boşlanişini ta'minlaşi kerak böladi. Qit'aning jami 1,27 mlrd nafar aholiga ega 54 mamlakatini qamrab olgan mazkur hudud amalda faoliyatini boşlaydi.

Afrika ittifoqi qit'aning 55 davlatini birlaştirgan bölib, 2002 yil yozda Afrika birligi taşkiloti örniga taşkil etilgan. Uning boş qarorgohi Addis-Abebada joylaşgan.