Bugun, 10 fevral kuni Efopiya poytaxti Addis-Abebada Afrika ittifoqiga a'zo davlatlarning ikki kunlik sammiti boşlandi.
Navbat böyiça 32-uçraşuv bölgan mazkur oliy maqomli sammit Afrika qit'asi oldida turgan ötkir muammolardan biri — qoçqinlar masalasi va şaxslarning içki köçib ötiş masalalariga bağişlanadi.
Yiğilişning birinçi kunida 2018 yilda Afrika ittifoqi raisligini bajargan Ruanda prezidenti Pol Kagame Misr yetakçisi Abdulfattoh as-Sisiyga topşiradi.
Davlat va hukumat rahbarlarining yopiq eşiklar ortida ötadigan majlisida Pol Kagame taşkilot rahbari sifatida bir yilda amalga oşirilgan işlari haqida hisobot beradi.
Qoçqinlar bilan boğliq masalalardan taşqari Afrika davlatlari yetakçilari Afrika qit'asini 2063 yilgaça rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasini implementatsiya qiliş böyiça zarur qadamlarni, şuningdek mintaqiviy integratsiya va rivojlaniş loyihalarini muhokama qilişadi. Muhokama mavzularidan biri Afrika uçun umumiy bölgan erkin bozor yaratiş loyihasini amalga oşiriş böladi
Afrika davlatlari yetakçilari uçun an'anaviy bölgan tinçlik, xavfsizlik, terrorizmga qarşi kuraş, şuningdek Afrika ittifoqi tuzilmasini isloh qiliş mavzulari ham kötariladi.
Forum işi vaqtida Falastin yetakçisi Mahmud Abbos, BMT boş kotibi Antoniu Guterreş, Arab davlatlari ligasi boş kotibi Ahmad Abul Ğayt ham salom yöllaşadi.
Afrika ittifoqi 1963 yilda taşkil etilgan edi. Öşanda u Afrika birligi taşkiloti deb atalgan. Yevropa ittifoqi modeli böyiça tuzilgan uşbu hukumatlararo taşkilotning nomi 2001 yilda özgartirilgan. Afrika ittifoqiga 55ta davlat a'zo hisoblanadi.












