Afrika ittifoqi malilik harbiylar tomonidan kötarilgan isyonga javoban Malining taşkilotdagi a'zoligini töxtatdi. Bu haqda Afrika ittifoqining tinçlik va xavfsizlik masalalari böyiça kengaşi ma'lum qilgan.

Malining ittifoqdagi a'zoligi mamlakatda konstitutsiyaviy tartib tiklanmagunça töxtatib turiladi.

Bundan taşqari, Afrika ittifoqi harbiylar tomonidan hibsga olingan prezident Ibrohim Bubakar Keytani, boş vazir va hukumatning boşqa a'zolari ozod qilinişini talab qilgan.

18 avgust Mali poytaxti Bamako yaqinidagi harbiy bazada harbiylar isyon kötargan. Harbiylar boş ştabni egallab olgan, mamlakat rahbariyatini, jumladan prezidentni hibsga olgan va xalqni qutqariş milliy qömitasini şakllantirgan. Keyta harbiylar bosimi ostida iste'foga çiqişini hamda hukumat va parlament tarqatilişini e'lon qilgan. 

Isyon mamlakatda siyosiy, iqtisodiyot va ijtimoiy inqiroz hukm surayotgani ortida ötgan.