Turkiya armiyasining tanklar, zirhli texnikalar va öq-dori ortilgan maşinalaridan iborat harbiy konvoy Suriya bilan çegarani kesib ötib, Idlib viloyati hududiga kirdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotida aytilişiça, turklarning yana bir harbiy karvoni 9 fevralga ötar keçasi çegarani kesib ötib, Idlibdagi Bob-al-Xava punktiga kirgandi. Anadolu agentligi ma'lumotiga köra, kolonnada jami 300ta harbiy texnika bor. Şuningdek, maxsus topşiriqli harbiy bölinmalar ham çegaradan ötgan.

Öz navbatida, Idlib va Halabda joylaşgan Suriya muxolifati vakillari öz oila a'zolarini Turkiya bilan çegaradoş hududdagi Afrin şahri tomonga olib ketmoqda.

Şanba kuni Anqarada RF va Turkiya hukumatlari örtasida muzokara ötkazilgan, unda Idlibdagi keskinlaşayotgan vaziyat muhokama qilingandi.

Turkiya va Rossiya taşqi işlar vazirlari örinbosarlari Sedat Önal va Sergey Verşinin boşçiligidagi delegatsiyalar örtasidagi muzokaralar uç soatga yaqin davom etgan. Turkiya tomoni Soçi kelişuvi doirasida Idlib deeskalatsiya hududi çegaralari saqlanib qolişini va uşbu hududdan fevral oxirigaça Suriya qöşinlari olib çiqib ketilişini talab qilgan.

Şuningdek, Anqara deeskalatsiya hududidagi kuzatuv punktlariga Suriya qöşinlari tomonidan uyuştiriladigan har qanday hujumga javob qaytarişini bildirgan.

2017 yil may oyida Ostona şahrida (hozirgi Nur-Sulton) Rossiya, Eron va Turkiya vakillari iştirokida ötkazilgan muzokaralarda Suriyada törtta deeskalatsiya hududi taşkil etilgan. 2018 yilda uçta hudud Damaşq nazorati ostiga ötgan. Idlib viloyatida joylaşgan törtinçi hudud Suriya hukumati nazoratidan taşqarida bölib, uning katta qismi turklarning ittifoqçisi sanaladigan «Jabhat an-Nusra» taşkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 2018 yil sentyabrda Rossiya va Turkiya Soçida ötkazilgan muzokaralarda Idlibda demilitarizatsiyalaşgan hudud taşkil etişga kelişib olgandi.

Rossiya TIV ma'lumotiga köra, rossiyalik va turkiyalik harbiylar hududda tinçlik örnatiş uçun harakat qilmoqda, ammo hududdagi ayirmaçilar bunga xalal bermoqda.