Samarqand viloyatining Past Darğom tumanidagi «Juma elevatori» AJ qisqa vaqt içida eng zamonaviy korxonalardan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur jamiyat sexlarida işlab çiqarilayotgan un mahsulotlari yuqori sifati bilan ajralib turadi.
«Juma elevatori» AJ 1977 yilda taşkil topgan bölib, jami ğalla saqlaş siğimi 113 ming tonnani taşkil etadi. Asosiy faoliyati fermer xöjaliklari bilan şartnoma asosida ğalla qabul qilib, quritib, tozalab davlat zaxirasi uçun saqlaş, omuxta yem, qolipli non va un mahsulotlari işlab çiqarişdan iborat.


Bu darajaga erişiş uçun korxonada bir neça bosqiçli işlar amalga oşirildi. Ulardan eng muhimi Turkiyaning «Erkan Makina» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan zamonaviy tegirmon uskuna va jihozlari örnatilişi böldi.


782 ming AQŞ dollariga olib kelingan yangi tegirmon iş hajmini ikki baravarga oşirgani holda energiya sarfini aksinça, 1,4 barobarga kamaytirdi.



Yangi uskunalar yordamida bir kunda 120 ming tonna ğallani qayta işlaş imkoni bor. Şuningdek, endilikda bir kunda 90 tonna vitaminlarga boy un işlab çiqarilmoqda.
Tuman aholisining un mahsulotlariga bölgan talabi qondirilib kelinmoqda. Un işlab çiqariş quvvati 9 ming tonnadan 27 ming tonnaga oşgan. Omuxta yem işlab çiqariş quvvati 6 ming tonnadan 12 ming tonnaga oşgan. Issiq non işlab çiqariş 800 tonnani taşkil qildi.
















