Depressiya belgilari va davolaşga javob turli odamlarda bir-biridan ança farq qiladi. Sidney universiteti neyrobiologlari va psixiatrlari bu farqlarning bir qismi sirkad ritmlar - organizmning içki biologik soati bilan boğliq bölişi mumkinligini örgandi.
Sirkad ritmlar fiziologik jarayonlarning kun va tun almaşinuviga mos, taxminan 24 soatlik özgarişlaridir. Ularni muvofiqlaştiruvçi asosiy taşqi signal yoruğlik hisoblanadi.
Bu tizim uyqu va uyğoqlik, kayfiyat, modda almaşinuvi hamda diqqatni jamlaşda muhim örin tutadi. Uning buzilişi odamda xuddi bir neçta vaqt mintaqasini kesib ötgandan keyingi holat - jetlagga öxşaş çarçoq va uyqu muammolari bilan namoyon bölişi mumkin.
British Journal of Psychiatry jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda 18 yoşdan 90 yoşgaça bölgan 11 380 kişiga oid maʼlumotlar tahlil qilingan. Olimlar quyidagi oltita belgidan kamida uçtasi bor iştirokçilarni sirkad kiçik turga ajratgan:
- Kayfiyatning mavsumiy özgarişi. Belgilar yil fasllariga qarab kuçayişi yoki susayişi.
- Keçki xronotip. Keç yotiş va tungi faollikka moyillik.
- Uyqu vaqtining keçikişi. Uyqu davrining örta nuqtasi odatdagidan keçroq vaqtga töğri kelişi.
- Haddan taşqari uzoq uxlaş. Imkoniyat bölganda odatdagidan ança köp uxlaş.
- Ertalabki holsizlik. Uyğonganda özini dam olmagandek his qiliş.
- «Ijtimoiy jetlag». Organizmning tabiiy uyqu ritmi iş yoki öqiş jadvaliga mos kelmasligi, hafta davomidagi uyqu yetişmasligini dam oliş kunlari qoplaşga uriniş.
Uşbu mezonlar asosida 2604 kişi - iştirokçilarning qariyb 23 foizi sirkad guruhga kiritilgan. Bu tadqiqotda qöllangan tasnif bölib, belgilarning mavjudligi öz-özidan alohida taşxisni anglatmaydi.
Mazkur guruhda depressiya odatda yoşlikda, örtaça 19 yoşda boşlangan. Ayollar uluşi yuqoriroq bölgan, maniya, psixoz va öz joniga qasd qilişga moyillik kabi oğir klinik belgilar ham köproq qayd etilgan. Depressiv epizodlar davrida vazn ortişiga moyillik ham yuqoriroq bölgan.

















