Turkiya qöşinlari Suriyaning Idlib viloyatida 5 nafar harbiysi halok bölganiga javoban Suriya hukumat qöşinlarining 115 ta nişonini öqqa tutdi. Turkiya mudofaa vazirligida ta'kidlanişiça, javob hujumi oqibatida 101 nafar suriyalik harbiy bartaraf etilgan.

Turkiya 10 fevralda Suriya hukumat qöşinlari Idlibdagi kuzatuv punktini öqqa tutganini ma'lum qilgan. Buning oqibatida 5 turk harbiysi halok bölgan, yana 5 nafari yaralangan.

Ta'kidlanişiça, turk harbiylarining öqqa tutilişiga javoban Suriya qöşinlarining 115 ta nişoniga zarbalar berilgan. Buning oqibatida 101 harbiy bartaraf etilgan, 3 ta tank, 2 ta artilleriya quroli va bitta vertolyot yöq qilingan.

Ötgan hafta ham Anqara Idlibda 8 harbiysi halok bölganini ma'lum qilgandi. Turkiya bunda Suriya hukumat qöşinlarini ayblagan. Anqaraning javob hujumi oqibatida esa 76 nafar suriyalik harbiy yöq qilingan. 

Hozirda Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida Idlibda Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi tuzilmalarga qarşi amaliyot olib bormoqda.