Bu haqda idora Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Muhammad Akmalxon Şokirov 11 fevral kuni bölib ötgan matbuot anjumanida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Muhammad Akmalxon Şokirov, Özbekiston musulmonlar idorasi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri

«Tasavvur qiling, ota-onangiz umraga boriş uçun uç yildan beri navbatda turibdi. Navbatlari yaqinlaşib kelayotganda, bu yoqdan boşqa bir odam elçixonaga kelib, umraga boriş istagini bildirmoqda va ketyapti ham. Bu yerda adolat mezoni buzilmoqda. Şunaqa holatda nima qilgan bölardingiz?

Haligi odamni töxtatib, nega navbatsiz tiqilyapsan, degan savolni berardingiz. Ana şu adolat mezoni buzilmasligining oldini oliş maqsadida Saudiya Arabistoni podşohligining Özbekistondagi elçixonasidan Özbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan röyxatdan taşqari boşqa fuqarolarga, iloji bölsa, umra vizasi bermang, deb iltimos qilingan», – dedi u.

Saudiya Arabistoni Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalari nega özbekistonliklarga turistik viza bermaydi?

Bu haqdagi savolga Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov javob berdi. Uning aytişiça, Özbekiston Saudiya Arabistoni tomonidan turizm vizasi beriladigan davlatlar röyxatiga kiritilmagan.

«Özbekiston fuqarolariga turizm vizasi emas, umra vizasi beriladi. Turizm vizasi beriladigan davlatlar röyxatida emasmiz.

Nimaga berilmaydi, bilasizmi? Kim nima deyayotganini bilmayman, lekin kuni keça muftiy hazratlari va Din işlari böyiça qömita raisi birgalikda Saudiya Arabistoniga hukumatlararo kelişuvga borib kelişdi. Şu yerda şu masala kötarilgan.

Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari

Avvalroq qömita raisi tomonidan e'tiroz böldiki, nimaga berilmaydi. Şundan keyin öşa yerning özida tahlil qilib körildi va turizm vizasini beriş böyiça [Saudiya Arabistoni] hukumatiga murojaat qilindi.

Özbekiston fuqarolariga turli yöllar bilan, ya'ni xususiy yöllar bilan kelgan holatda juda köp huquqbuzarlik holatlari aniqlandi, deb faktlarni berişgan. Bu faktlarni oşkor qilolmaymiz.