2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 iyunga qadar Oliy Majlis palatalari Kengaşlarining qöşma qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:
Yoşlar parlamentini taşkil etiş va uning tarkibini şakllantiriş tartibini belgilaş;
Yoşlar parlamentining Oliy Majlis palatalari qömitalari bilan özaro aloqasini yölga qöyiş;
Yoşlar parlamenti a'zolarining qonun loyihalarini işlab çiqiş hamda parlament nazoratini amalga oşiriş jarayonida faol iştirok etişini ta'minlaş nazarda tutiladi.
Ijro uçun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Şuningdek, yangi şakllangan parlament a'zolarining hamda mahalliy Kengaşlar deputatlarining bilim va könikmalarini oşirişni tizimli yölga qöyiş közda tutilgan.
2020 yil 1 martga qadar çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi. Dasturda deputatlar va senatorlarning öz faoliyatiga doir kasbiy malakasini oşiriş böyiça dasturlarni işlab çiqiş va ularni tizimli amalga oşiriş nazarda tutiladi.
Ijro uçun mas'ullar - Davlat boşqaruvi akademiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelişuvga asosan), xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari.













