Sport | 11:38 / 13.02.2020
12294
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik Osiyo chempioni «Xo‘jand» klubiga o‘tdi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston U23 yoshlar jamoasi tarkibida Osiyo chempioni bo‘lgan Andrey Sidorov faoliyatini Tojikistonning «Xo‘jand» klubida davom ettiradi. 

24 yoshli futbolchi MXSK va «Paxtakor» klublari akademiyasida tahsil olgan. Faoliyati davomida «Paxtakor», «Qo‘qon-1912», «Qizilqum», «Neftchi» va «Buxoro» klublarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumda Superligada 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Shuningdek, Liga Kubogida raqiblar darvozasiga 2ta to‘p kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Sidorov 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2018 yilgi Osiyo chempionati finalida Vetnam darvozasiga gol urib, O‘zbekistonga oltin medallarni keltirgan edi.