Samarqand davlat tibbiyot instituti Azamat Şamsiyev lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlaş töğrisida»gi qarori bilan Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Alimjanoviç Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektori etib tayinlangan.
Azamat Muxitdinoviç Şamsiyev 2004 yildan buyon Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektorlik qilib kelayotgandi.

Jasur Rizayev 2016 yilning avgustida Toşkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlangandi.

U 1974 yili Toşkent şahrida tuğilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 1996 yil Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dotsent, 2008-2011 yillarda Toşkent şahar Uçtepa tuman tibbiyot birlaşmasida rahbar sifatida faoliyat yuritgan.
2011 yildan 2016 yilgaça Toşkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi boş şifokori, 2016 yildan buyon Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida işlagan.
Eslatib ötamiz, 31 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqin orada Özbekistondagi bir qator oliy öquv yurtlari rektorlari işdan olinişi haqida gapirgandi.









