Surxondaryo viloyatida qaytadan taşkil etilgan Bandixon tumanida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari birinçi sessiyasi bölib ötdi. Unda viloyat hokimi Töra Bobolov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, tumandan saylangan Xalq deputatlari viloyat Kengaşi, tuman Kengaşi deputatlari, faollari va viloyat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi.

Surxondaryolik senatorlar / Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktabr kunlari viloyatga taşrifi çoğida Bandixon tumanini qayta taşkil etib, hududni yanada rivojlantiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar bergani, şunga muvofiq Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilinib, qayta tiklanayotgan tumanning hududi belgilangani, bu masala Qiziriq, Boysun va Qumqörğon tumanlari aholisi, xalq deputatlari tumanlar va viloyat kengaşlari sessiyalarida atrofliça muhokama etilganini ta'kidladi.

Töra Bobolov / Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berişiça, sessiyada taşkiliy masala körilib, şu vaqtgaça Qiziriq tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Ötkir Abduzoiroviç Çoriyev Bandixon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ötkir Çoriyev / Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma'lumot örnida, Çoriyev Ötkir Abduzoiroviç 1977 yilning 30 martida  Şerobod tumanida tuğilgan. 2001 yilda Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi.

Faoliyati davomida Şerobod tumani moliya bölimi mudiri örinbosari, bölim mudiri, viloyat hokimligi moliya boşqarmasi boşliği örinbosari, viloyat böyiça Ğaznaçilik boşqarmasi boşliği, Qiziriq tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.