Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haaga konferensiyasi ustavi ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda
Mamlakatning mazkur tashkilotga a'zo bo‘lishi xalqaro fuqarolik, oilaviy va xususiy huquqning unifikatsiyasi jarayonida O‘zbekiston ishtirokini ta'minlashga, davlatning xalqaro hamjamiyatga yanada integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasida “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi ustavini (Haaga, 1951 yil 31 oktabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Haaga konferensiyasi 1893 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Haaga shahrida joylashgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi – xalqaro xususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga ko‘maklashish.
Hozirgi kunda tashkilotga 82 ta davlat, shu jumladan, Yevropa ittifoqi a'zo sanaladi. MDH davlatlari orasidan esa, konferensiyada Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya ishtirok etadi.
Haaga konferensiyasi 1955 yil 15 iyulda kuchga kirgan ustav asosida faoliyat yuritadi.
Parlament quyi palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda mazkur tashkilot Ustavini ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq barcha masalalar muhokama qilindi. Qo‘mita a'zolarining fikricha, mamlakatning mazkur tashkilotga a'zo bo‘lishi xalqaro fuqarolik, oilaviy va xususiy huquqning unifikatsiyasi jarayonida O‘zbekiston ishtirokini ta'minlashga, davlatning xalqaro hamjamiyatga yanada integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Muhokamalar yakunida qo‘mita a'zolari qonun loyihasini Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishi uchun tavsiya etish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026