Kun.uz 13 fevral kuni «Qarşidagi sobiq «Ehtiyot qismlar bozori» haqiqiy egasiga qaytarilmayapti: 14 yillik sarsongarçilik qaçon barham topadi?» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.

Oliy sud matbuot xizmati maqola yuzasidan munosabat bildirdi. Quyida munosabat matni töliq keltirib ötiladi.

«2018 yil 21 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi J. Tirkaşev tomonidan da'vogar Erkin Safarovning fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining 2016 yil 8 iyuldagi hal qiluv qarori va Qaşqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 4 iyuldagi ajrimiga nisbatan keltirgan nazorat tartibidagi şikoyati örganib çiqildi.

Aniqlanişiça, da'vogar E. Safarov javobgarlar «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» savdo kompleksi» MÇJ, Qarşi şahar hokimligi va Qarşi şahar «Yermulkkadastr» DKga nisbatan sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» savdo kompleksi MÇJni Qarşi şahar Jayhun köçasida joylaşgan öziga tegişli Quriliş materiallari bozoridan majburiy tartibda çiqariş va uşbu majmuani qaytarib oliş, inşootni özini nomiga davlat röyxatidan ötkaziş majburiyatini Qarşi şahar «Yermulkkadastr» DKga yuklaşni söragan.

Fuqarolik işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 4 iyuldagi ajrimi bilan özgarişsiz qoldirilgan Qarşi tumanlararo sudining 2016 yil 8 iyulda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan E. Safarovning da'vo talablari rad qilingan.

Da'vogar E. Safarov nazorat tartibidagi şikoyatida sud qarorlarini bekor qilişni söragan.

Quyidagilarga köra, da'vogar E. Safarovning nazorat tartibidagi şikoyatini Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'atida körib çiqiş uçun asoslar mavjud emas deb hisoblangan.

Sud hujjatlaridan körinişiça, Qarşi şahar hokimining 2001 yil 12 yanvardagi X-19/1-sonli qarori bilan Qarşi şahar «Çori-S» xususiy firmasiga «Quriliş materillari bozori» quriş uçun Qarşi şahar Jayhun köçasidan 3,8 ga yer maydoni ajratilgan.

Qarşi şahar «Çori-S» xususiy firmasi 2001 yil 16 iyunda notarial tasdiqlangan şartnomaga binoan bozor majmuasini E. Safarovga hadya qilgan.

Qaşqadaryo viloyat Adliya boşqarmasida 2003 yil 2 dekabrda Qarşi şahar «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» savdo kompleksi» MÇJ 38-son bilan davlat röyxatidan ötkazilib, MÇJ Ustavining ta'sisçilari sifatida Qarşi şahar hokimligi 51 foizni, qolgan 49 foizi esa E. Safarov uluşga ega bölgan.