Bugun, 17 fevral kuni «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr çekkan 50dan ortiq kişi Toşkent şahridagi Mustaqillik maydoni yonida töplandi. Agentlik rahbari ustidan sud jarayoni yakunlaridan qoniqiş hosil qilmagan va pullari qaytarilişidan umidvor bölgan fuqarolar hukumat vakillari bilan uçraşuv taşkillaştirişni söraşgan.

Tez orada Mustaqillik maydoni hududiga Toşkent şahar IIBB rahbari Rustam Jörayev, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov hamda boşqa qator mutasaddilar kelişdi va yiğilganlar bilan uçraşişdi.

Jabrlanuvçilarning talablari quyidagiça:

  1. Eng asosiy savol va talab – «Human» xususiy bandlik agentligiga Mehnat vazirligi tomonidan nega litsenziya berilgan? Lisenziya berilgan ekan, ayni şu vazirlik avvalo jabrlanuvçilarning mablağlarini qaytarsin, söngra javobgarlardan undirib olsin;
  2.  Hukumat rahbarlari bilan bevosita uçraşuvlar taşkillaştirilsin;
  3. Nafaqat «Human» xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbari Şohinur Fayzullayev, balki uning şeriklari, ortida turgani taxmin qilinayotgan «qöli uzun» odamlar ham javobgarlikka tortilsin (aksariyat jabrlanuvçilar öz pullarini agentlikning viloyatlardagi bölimlariga topşirişgan va asosiy figurant bilan mutlaqo körişişmagan);
  4. Şu paytgaça undirilgan mablağlar tezroq tarqatib berilsin (ta'kidlaş joizki, bu talabga hamma ham qöşilmaydi, kimdir bu mablağ eng zarurlarga berilsin, desa, yana kimdir hammaga proporsional taqsimlanişi tarafdori;
  5. Kelgusida bunday holatlar qaytarilmasligi uçun qonunçilik takomillaştirilsin (bu talab şaxsiy masalalar oldida eng oxirgi öringa tuşib qoldi).

Uçraşuv davomida şu kunning özida barça mutasaddilar bir zalda töplangan holda batafsil ma'lumot berişiga kelişildi.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov yiğilganlardan jamoat tartibini buzmaslikni söragan.

«Mavjud vaziyatdan hukumatimiz, şaxsan boş vazirimiz töla xabardor. Muammoni yeçiş çoralari körilmoqda. Bugunning özida yana bir bor bu masalani kötaramiz va barça mutasaddilar iştirokida uçraşuv taşkil qilamiz. Faqat unutmanglar, heç kim jamoat tartibini buzişi, şantaj qilişi mumkin emas. Hammasini qonun doirasida hal qilamiz», degan u.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida «Human» xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbari Şohinur Fayzullayevga nisbatan jinoyat işi körib çiqilgandi. Fuqarolarni xorijiy davlatlarga jönatiş va'dasi bilan 1080 nafar kişidan 21 mlrd. söm ekvivalentdagi mablağni özlaştirib yuborgan Fayzullayev Toşkent viloyati sudi sudyasi Xayrulla Rahmonov raisligidagi sud hukmi bilan aybdor deb e'lon