Livanda eronlik general Qosim Sulaymoniyning haykali oçildi. Bu jarayon «Al Hadath» telekanali efirida namoyiş etildi.
Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al Quds» maxsus bölinmasi yetakçisi general Sulaymoniyning haykalini örnatiş taşabbusi şialarning «Hizbulloh» harakatidan çiqqan.
Haykal oçilişida nutq sözlagan «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh general Sulaymoniyning öldirilişi AQŞ va Isroilning Yaqin Şarqdagi maqsadlariga qarşi kuçlar uçun jang oçilişi deb atadi.
«Tramp bu vahşiyona işi bilan bizga uruş oçdi. Bunga qarşi faqat birgalikda kuraşiş mumkin», deya Nasrullohning sözlarini keltirgan TASS agentligi.
U Tramp taklif qilgan «asr kelişuvi»ni AQŞ prezidentining «ikkinçi jinoyati» deb atadi.
Eslatib ötamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdodda AQŞ harbiylari ötkazgan operatsiya natijasida öldirilgandi.










