2020 yilning 18 fevral kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 5-yiğilişi va Özbekiston-Vengriya biznes-forumida iştirok etiş uçun mamlakatga Vengriya delegatsiyasiga boşçilik qilib kelgan taşqi iqtisodiy aloqalar va taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyevning Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan 2019 yil oktyabr oyida Boku şahrida bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining majlisi doirasidagi ikki tomonlama uçraşuvi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi hamda «Özbekiston – Yevroittifoq» va xalqaro taşkilotlar şakllaridagi Özbekiston – Vengriya hamkorligini kuçaytiriş uçun keng imkoniyatlar borligini tasdiqladi.
Özbekiston tomonidan ötgan yilning 1 fevralidan Vengriya fuqarolari uçun 30 kungaça vizasiz tartibning joriy qilinişi turistik sayohatlarning sezilarli ösişi uçun qulay şaroit yaratgani e'tirof etildi.
Tomonlar ikki mamlakat ilğor oliy ta'lim muassasalari örtasida aloqalarni örnatişga, jumladan ularning professor-öqituvçilari tarkibining malakasini oşiriş borasida hamda Özbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan Vengriya Fanlar akademiyasi Yadroviy tadqiqotlar instituti örtasida ilmiy almaşinuvlarni yölga qöyişga qiziqişning mavjudligini tasdiqladi.
Uçraşuvda xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi. Muzokaralarda Vengriya elçisi Peter Santo iştirok etdi.













