Bugun, 18 fevral kuni Toşkent şahrida «Özbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilişining yangi bosqiçi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalaşda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oşiriş» mavzusidagi xalqaro konferensiya iş boşladi.
Konferensiyada Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, mahalliy hokimiyat vakillik organlari, vazirlik va idoralar, sud tizimi, huquqni muhofaza qiliş organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, Özbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyalar, xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar, yetakçi konsalting kompaniyalari rahbarlari iştirok etmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva tadbirni kiriş sözi bilan oçar ekan, davlatning barça idoralari xalq bilan birgalikda yuqori iqtisodiyotga, yetuk va har tomonlama fuqarolik jamiyatiga ega «Yangi Özbekistonni şakllantiriş»da sezilarli amaliy işlar olib borilayotganini ta'kidlab ötdi.
«Bugun jamiyatimizda yangilaniş yölida olib borilayotgan islohotlarda jamoatçilik örni alohida ahamiyat kasb etadi. Senatorlar va deputatlarning xalq vakillari sifatida yanada taşabbuskor bölişlari lozimligi ta'kidlandi. Bu borada «Jamiyat – islohotlar taşabbuskori» degan yangi ğoya kundalik hayotimizga kirib borişi lozim.
Ijro hokimiyati vakillarini mas'uliyatga çaqiriş hamda ularning xalq va parlament oldida hisobdorligini oşiriş parlamentning ijro hokimiyati ustidan nazorat faoliyatini kuçaytiriş borasidagi eng asosiy omillari va maqsadlaridan biriga aylandi. Öz örnida, nafaqat barça vazir va hokimlarning palatalar oldida, balki ijro hokimiyatining tegişli poğona vakillari mahalliy Kengaşlar oldida hisobot berişi yölga qöyildi.
Şu bilan birga, barça senatorlarning xalq bilan muloqot olib borişida samarali mexanizm joriy qiliş maqsadida bevosita barça mahalliy Kengaşlar bilan hamkorlikda işlaş yölga qöyildi. Senatorlarning mahalliy Kengaşlarning 6570 nafar deputati bilan hamjihatlikda işlaş tizimini joriy qiliş yölida tegişli öqişlar taşkil qilindi, ular bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan tadbirlar belgilandi. Bundan asosiy maqsad joylardagi deputatlarning faolligini oşiriş bilan birgalikda ularning haqqoniy deputatlik nazoratini şakllantiriş va rivojlantirişdan iboratdir», deya Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, Senat raisi gender tenglik hamda yoşlar manfaatlarini ta'minlaş masalalari deputatlar kun tartibidagi asosiy vazifalardan bölişini ta'kidladi.












