Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.

“Uçan” şifoxonasi boş şifokori Lyu Çjiminning hayotdan köz yumgani haqida dastlab “Jenmin Jibao” naşri xabar qilgan, biroq keyinroq bu ma'lumot rad etilib, şifokorlar uning hayoti uçun kuraşayotganlari ma'lum qilingan. 

Lyu Çjimin /Foto: Red Star News

51 yoşli şifokor 18 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 10:30da vafot etgan. U Xitoydagi tibbiyot muassasalarining koronavirusdan vafot etgan ilk rahbari böldi.

“Uçan” koronavirusga çalinganlarni birinçilardan bölib qabul qila boşlagan. Şifoxonada mingga yaqin odam işlaydi. 

Ta'kidlanişiça, şifokor boş çanoq-miya jarohatlari, boş çanoq içi ösimtalari diagnostikasi va ularni davolaş bilan şuğullangan. 

Uxanda fevral boşida koronavirus tarqalişi haqida birinçi bölib xabar qilgan 34 yoşli şifokor Li Venlyan hayotdan köz yumgandi. U şaharning markaziy şifoxonasida işlab, iş vaqtida virusni yuqtirib olgan. Şifokor 2019 yil 30 dekabrda WeChat ijtimoiy tarmoği orqali hamkasblariga Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida atipik zotiljamga (SARS) uçraş holatlari qayd etilgani haqida xabar qilgan.

31 dekabrda Li va kasallik haqida boşqalar bilan bölişgan yana 7 şifokor politsiyaga çaqirtirilib, ularga jamoat tartibiga putur yetkazişi mumkin bölgan bunday “yolğon xabarlar”ni boşqa tarqatmaslik böyiça ogohlantiriş qilingan.