18 fevral kuni Toşkentda «Özbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilişining yangi bosqiçi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalaşda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oşiriş» mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi.

Unda sözga çiqqan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqov Özbekiston mehnat bozoridagi holat statistikasini keltirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bölgan aholi soni 13 million 541 ming nafar kişini taşkil etadi. Şundan 5 million 7 yuz ming kişi rasmiy mehnat faoliyati bilan şuğullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya'ni bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy işlab, çöntagini pulga töldirib uyga borişadi. Bolalari, maktab, boğçalar va hokazolarga berişadi. Lekin davlatga bular bir tiyin ham soliq tölamaydi, tölovlarni qilmaydi.

Ya'ni davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qöşmaydigan 8 million aholimiz bor», – dedi Bahodir Umrzoqov.

U prezident murojaatnomasida ayni şu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga ötkaziş masalasi qöyilganini ta'kidladi.

Vazir örinbosarining sözlariga köra, bu boradagi işlar 2019 yilning aprel oyida boşlangan. Har bir norasmiy fuqaro işlayotgan korxona, muassasa, taşkilotlarga ogohlantiriş berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana şu toifadagi insonlarni rasmiylaştiriş, rasmiy jihatdan tölovlarni belgilaş masalasi qöyilgan.

«Ötgan yili qisqa muddatda 480 ming kişini norasmiydan rasmiyga ötkazildi. Bu juda maşaqqatli va ijtimoiy muhim masala», – deb ta'kidladi Umurzoqov.

Vazir örinbosarining aytişiça, norasmiy band bölgan aholini rasmiy bandga ötkaziş tezlik bilan hal böladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, körsatkiçlarni asta-sekin oşirgan holda amalga oşiriş mumkin.

«Masalan, ötgan yili 480 ming nafar kişi bölsa, 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi yil 1 millionga yaqin kişini [rasmiy sektorga] ötkaziş tadbirlarini belgilab qöyganmiz», – dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari.