Vazirlar Mahkamasining “YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati faoliyatini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Belgilab qöyilişiça:
YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston milliy komissiyasining işçi organi - YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston milliy komissiyasi kotibiyati boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni 9 nafarni taşkil etadi;
kotibiyat boşqaruv xodimlarining umumiy çeklangan soni doirasida Komissiya boş kotibi örinbosari lavozimi joriy etiladi;
kotibiyat rahbari - Komissiya boş kotibi va uning örinbosari maqomi va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra, tegişliça vazirning birinçi örinbosari va vazir örinbosariga tenglaştiriladi;
kotibiyat xodimlariga nisbatan Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş şartlari (xodimlarni qisqartiriş hisobidan qöllaniladigan ustamalar, umumiy iş staji uçun qöllaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlaridan taşqari) tatbiq etiladi hamda Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlari qöllaniladi;
kotibiyat xodimlarining erişgan natijalaridan kelib çiqqan holda har oylik lavozim maoşlariga (rağbatlantiriş koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgaça ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi davlat budjeti mablağlari hisobidan, 50 foizgaça ustamalar esa - xodimlarni moddiy rağbatlantiriş maxsus fondi hisobidan qoplanadi;
kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoşiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy iş staji uçun 3 yildan 5 yilgaça - 10 foiz, 5 yildan 10 yilgaça - 20 foiz, 10 yildan 20 yilgaça - 30 foiz, 20 yildan ortiq - 40 foiz oylik ustamalar qöllaniladi;
kotibiyatga 2ta yengil avtotransport vositasini saqlaşga limit ajratiladi;
kotibiyatni saqlaş xarajatlari respublika budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Kotibiyat Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi binosiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.











