Sovuq qurol muomalalarini vaqtinça tartibga soliş maqsadida içki işlar va soliq organlarining hamkorlikdagi maxsus profilaktik tadbirini ötkazişning namunaviy rejasi tuzildi.

Namangan viloyat IIB boşliğining fuqarolar tomonidan köça va jamoat joylarda hayot va soğlik uçun xavfli buyumlarni olib yurişiga qarşi kuraşişga qaratilgan maxsus profilaktik tadbirlar rejasi işlab çiqilib, reja ijrosini ta'minlaş borasida bir qator işlar amalga oşirilmoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB

Jumladan, ta'lim muassasalari, bozorlar, köp qavatli uylar oldi, istirohat boğlari, diskoteka, kafe, tungi klub, internet kafelar, spirtli içimlik bilan savdo qiluvçi va ularni çakana quyiş joylari va ularning atrofida, şuningdek boşqa jamoat joylarida fuqarolar tomonidan hayot va soğlik uçun xavfli buyumlarni olib yurişlariga qarşi kuraşiş tadbirlari taşkil etildi.

Viloyat içki işlar organlarining 142 ta tekşiruv guruhlari va 25 ta qöşimça patrullik yönalişlari tuzilib, 334 nafar şaxsiy tarkib kunlik tadbirga jalb etilmoqda.

Tadbir davomida hayot va soğlik uçun xavfli jami 418 ta, şulardan 225 dona piçoq, 7 dona kastet, 5 dona bita (töqmoq), 107 dona boşqa turdagi tiğli buyumlarni bemaqsad olib yurgan fuqarolar aniqlandi. Ulardan jami 435 dona tiğli buyumlar olinib, profilaktik işlar amalga oşirildi.

Foto: Namangan viloyat IIB

Uşbu fuqarolarning 74 nafarini voyaga yetmaganlar taşkil etib, ulardan jami 80 dona şundan, 46 dona piçoq, 6 dona kastet, 4 dona bita (töqmoq), 24 dona boşqa turdagi tiğli buyumlar olindi.

Fuqarolar tomonidan hayot va soğlik uçun xavfli tiğli buyumlarni olib yurmasliklari böyiça ommaviy axborot vositalari orqali tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilmoqda.

Boşqarma PPXvaJTSB