Sodiq Safoyevning sözlariga köra, Afğonistonda tinçlikning örnatilişi Özbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan yangi bosqiçga çiqişiga sabab bölişi mumkin.

“Afğonistonda tinçlikning örnatilişi Özbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan yangi bosqiçga çiqişiga sabab bölişi mumkin.

Globallaşuvning eng asosiy jihati bu boğliqlikdir. Agar buni qaysi davlat tuşunib yetsa, boşqa davlatlar bilan oçiqlik siyosatini olib boradi. Yiliga terroristik harakatlardan dunyo böylab 24 ming odam halok bölmoqda. Bu mojarolar bitta yoki ikkita davlatga emas, balki juda köp davlatlarga öz ta'sirini körsatmoqda.

Ötgan yil butun dunyodagi iqtisodiy ösiş tendensiyasi oxirgi ön yildagi eng past körsatkiçni körsatdi. Bu şubhasiz, Özbekistonga öz ta'sirini körsatmay qöymaydi”, - dedi Sodiq Safoyev.

Uning sözlariga köra, ötgan yili prezident iştirokida 18ta oliy darajadagi uçraşuv taşkil etildi. 

“Bular haqida siz OAVdan bilib olmoqdasiz.  Biroq, bu jarayonlarning barçasi nihoyatda maşaqqatlidir. Uşbu uçraşuvlar ortida minglab tahlillar, xulosalar va natijalar yotadi”, - deydi Senat raisining birinçi örinbosari.