Bugun, 1 sentabr kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida Osiyo öyinlarining yakuniy bahslari ötkazildi. 2 sentabr kuni tongida triatlon böyiça jamoaviy bahslardan keyin turnirning yopiliş marosimi taşkillaştiriladi.

Özbekiston bu safargi Osiyo öyinlarida barça natijalarni yaxşiladi. 

Turnirga Özbekistondan 234 nafar sportçi yöl olib, ular sportning 30 turi böyiça mamlakat şarafini himoya qilişdi.

Yakunda Özbekiston delegatsiyasi 21 oltin, 24 kumuş va 25 bronza, jami 70 medal qölga kiritdi. Bu esa medallarning umumiy soni böyiça ham, oltin medallar soni böyiça ham, kumuş va bronza medallar soni böyiça ham natijalar yaxşilanişi böldi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Xususan, şu vaqtgaça medal jamğariş böyiça Guangjou—2010 öyinlari eng yaxşi natija qayd etilgan turnir bölib turgandi — jami 56ta medal (11 oltin, 22 kumuş, 23 bronza). Eng köp oltin va bronza oliş böyiça körsatkiç esa Pusan—2002 turnirida qayd etilgan. 2002 yilgi Osiyo öyinlaridan özbekistonlik sportçilar 15ta oltin va 24ta bronza medal bilan qaytişgandi (15-12-24). Eng köp kumuşlar Bangkok—1998 va Guançjou—2010 turnirlarida olingan - 22tadan.

Şu bilan birgalikda Özbekiston umumiy reytingda yuqori örin egallaş böyiça natijani yaxşilay olmadi, Hirosima—1994 va Pusan—2002 turnirlaridagi natijalar takrorlandi.

Özbekiston şu vaqtga qadar 6 marta Osiyo öyinlarida qatnaşgandi.

1. Hirosima—1994: 11ta oltin, 12ta kumuş, 19ta bronza. Jami 42ta medal. Umumjamoa hisobida 5-örin.

2. Bangkok—1998: 6ta oltin, 22ta kumuş, 12ta bronza. Jami 40ta medal. Umumjamoa hisobida 10-örin.

3. Pusan—2002: 15ta oltin, 12ta kumuş, 24ta bronza. Jami 51ta medal. Umumjamoa hisobida 5-örin.